Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
121 Kelib avvalg‘idin rurqahru kinroq. Oni ham urg‘ali eltib havog‘a, Tushurmasdin burun farmonravog‘a. Qalam aylab aningdek chustu shirin Ki, aytib devbandi charx tahsin. Necha hamlin bu yanglig‘ aylagach rad, g‘azabdin Ahraman tund o‘ldi behad. Chekib na’ra yuz urdi tog‘ sori, Nechukkim tiyra abri ko‘hsori. Olib bir tog‘ning toshin tamomin, Havoda ko‘rguzib yeldek xiromin. Yuz urdi o‘ylakim abri bahoron, Ki Farhod uzra qilg‘ay sangboron. Ko‘rub Farhod ani qalqong‘a kirdi, Ne qalqonkim, hasin qo‘rg‘ong‘a kirdi. To‘sh o‘lg‘och Ahramang‘a ismi a’zam, Qo‘lidin zo‘r ketti, jismidin ham. Aningdek osmondin yerga tushti Ki, tosh ostida o‘lmakka yovushti. Dedikim sangboron aylagay yo‘q, Ham oxir sangsor o‘ldi o‘zi-o‘q. Ko‘rub Farhod ul xorofikanni, Dema xorofikankim, Ahramanni. Oti ollinda xoru zor aningdek, Ayog‘i ilgi ham nokor aningdek. Hamoyil aylagan tig‘in chekib bot, Boshig‘a dev yanglig‘ sekretib ot, Choqindek tig‘ ila boshig‘a yetti, Ishin bir zarb ila-o‘q oxir etti. Qo‘yub qasrig‘a yuz, andoqqi Rustam, Eshikda bog‘labon raxshini mahkam 3 . Qadam qo‘ydiyu kirdi qasr aro tez, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 122 Kafida dev chorqon tig‘i xunrez. Ne qasrikim jahon ichra jahone. Jahoni naqd boqsa har qayone. Eshiklar bog‘labon har sori behad, Temur qufl anda mahkam, o‘ylakim sad. Yozilg‘on buki: ne jinsi xazina Erur ul uyda zohir yo dafina. O‘tar erdi o‘qub har birni bot-bot, Ko‘rundi bir eshik, hayhot-hayhot. O‘zi oltun, javohir birla tarse’, Yozilg‘on davrida bir nav’ tavqe’ — Ki, ochilmas bu uyning qufli oson, Ochardin bo‘lmoq avlodur haroson. Bu ma’ni ko‘nglidin zoyil qilib hush, Ravon savdomizoji Ahramankush. Murassa’ quflg‘a urdi ilikni, Uy ichra sindurub kirdi eshikni. Yevi ko‘rdiki ko‘rmaydur misoli. Nechukkim kinasiz el ko‘ngli xoli 4 . Boqar erdi qilib har sori ta’jil, Osilg‘on ko‘rdi bir yoqut qandil. Furuzon lam’a andin Mushtaridek, Yorutub evni sham’i xovaridek 5 . Tushurdi dog‘i filhol ochti oni, Sulaymon xotamin torti nihoni. Vale qandil aro bu so‘z muharrar Ki, xotam kimgakim bo‘lsa muyassar. O‘qub xotam aro yozilg‘on ismin, Ochar Iskandari Rumiy tilismin. O‘qulsa ko‘p qilur farxunda hotif, Ul ish mushkillaridan oni voqif. Niginni o‘rtiyu, ko‘ziga qo‘ydi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling