Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
137 Chiqordi uzr ila evdin alarni. Dedi shahzodani, kelgil yaqinroq, O‘ziga qildi hamrozu qarinroq. Ko‘zin ochib jamolin yaxshi ko‘rdi, Base diljo‘yluqlar birla so‘rdi. QO‘pub ollinda chun yer o‘rti Farhod, Hakimi donishomuz etti bunyod Ki: «Yey dardu alam birla sirishting, Azaldin ishq bo‘lg‘on sarnavishting. Safo kelturdungu xush kelding oxir, Qarong‘u uyni ravshan qilding oxir. Erur ming yilki bo‘lub ko‘hsori, Chekarmen maqdamingning intizori. Yuzung ko‘rdi ko‘zum, alhamdulilloh, Seni torti o‘zum, alhamdulilloh. Eshit, bir necha so‘zkim vaqt erur tang Ki, aylarmen baqo ko‘yig‘a ohang. Muni bilkim jahon fonidur asru, Haqiqat ahli zindonidur asru. Agar torsa Sikandar mulki zoting, Gar o‘lsa Nuh 10 umricha hayoting. Chu ketmoqlik keraktur bot, agar kech, Hamul davlat bila bu umr erur hech. Bukim Haq ayladi insonni mavjud, Anga mavjudliqdin borcha maqsud. Erur Haq amrig‘a ma’mur bo‘lmoq, Bu ishdan o‘zgadin ma’zur bo‘lmoq. Chu mahbubi haqiqiy uldurur ul, Aning vasli sori qat’ aylamak yo‘l. Gar ul mahbub vasli bo‘ldi ummid, Budur iqboli sarmad, baxti jovid. Vale bu davlatedur asru oliy, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 138 Erur mushkil anga yetmak xayoli. Bu yo‘l ichraki behad dardu g‘amdur, Uzoq tortar, vale ikki qadamdur. Kim ul ikki qadamning qat’i ming yil, Kishi ursa qadam mumkin emas bil. Biri o‘zlukni qilmoq bo‘ldi foniy, Yana bir dog‘i tormoq bo‘ldi oni. Kishi o‘zlukni qo‘ymay oni tormas, Tengiz kesmay duri yaktoni tormas. Bu o‘zlukdin qutulmoq chorasozi, Nima yo‘q o‘ylakim ishqi majoziy. Angakim qoldi g‘am shomig‘a jovid, Burun subh o‘ldi tole’, so‘ngra xurshed. Majoziy ishq 11 bo‘ldi subhi anvar, Haqiqiy ishq 12 anga xurshedi xovar. Qilib ishqi majoziy zoru g‘amnok, Yetar oshiq tanin andoqki xoshok. Haroratlar etib ul xasqa moyil, Qilur o‘t yetgach o‘rtanmakka qobil. Choqilg‘och barqi ishqi jovidoni, Yetishgach bir sharar kul aylar oni. Sening ollingdadur ishqi majoziy Ki, jisming o‘rtabon so‘zu gudozi. Ham ovozangni ofoq ichra solg‘ay, Ham ovozing kuhan toq ichra solg‘ay. Qilib ishqing o‘ti olamni ravshan, Ne olam, nilgun toramni ravshan. To‘la qilg‘ay g‘ami ishqing jahonni, Jahonni qo‘yki, to‘qquz osmonni. Qayonkim ishq aro bir fard bo‘lg‘ay, Ko‘zi nuri yo‘lungdin gard bo‘lg‘ay. Yetib to‘qquz falak toqig‘a ho‘yung, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling