Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
145 Bo‘lub timsoli yanglig‘ — og‘zi xomush. Hamul timsolidek zoyil qilib hush. Ko‘rub chokarlar andoq qattiq ahvol, Xabardor ettilar Xoqonni filhol. Chu Xoqon angladi bu mojaroni, Yugurdi ul taraf yirtib yaqoni. Anosi sochin ochib mo‘ya tortib, Ani o‘lgan sog‘inib ro‘ya tortib. Chekib afg‘onni Mulkoro atodek, Kim ul Farhodg‘a erdi atobek. Yana Bahrom 2 Mulkorog‘a farzand, Guzin Farhodg‘a hamzodu dilband. Bo‘lub nisbatda ko‘kaltoshi oning, Tariqat bobida qardoshi oning. Aning holig‘a chun nazzora aylab, Yaqo o‘rnig‘a ko‘ksin rora aylab. Bo‘lub rarvonadek atrofig‘a jam’, Vale ul yotib andog‘kim o‘chuk sham’. Qo‘yubon hushsizliq ko‘yiga yuz, O‘ziga kelmayin bir kecha-kunduz. Chu tebratti nasimin subh bog‘i, Isidin hushig‘a keldi dimog‘i. Ko‘z ochib ko‘rdi boshi uzra xayle To‘kub ko‘z yoshidin yuz uzra sele. Chu yig‘lar erdi Mulkorou Bahrom, Alarg‘a lutf birla berdi orom. Tutub so‘gin ato birla anosi, Muni ko‘rgoch, halok etti hayosi. Yaqin erdiki tarki hush qilg‘ay, Yana avval yiqilg‘ondek yiqilg‘ay. Tuman ming uzr qo‘lmoq birla qo‘rti, Ayog‘larig‘a yuz surtub yer o‘rti. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 146 Dedi: «Bilmon, ne holat dast bermish Ki, sizga mujib ushbu motam ermish. Bu ish gar xo‘b, agar zisht erdi bori, Manga, billah, yo‘q erdi ixtiyori. Tutung ma’zurkim, rasvo bo‘lubmen, Demay rasvo bo‘lubmenkim, o‘lubmen. Bo‘lung xush botinu zohirda mendin, g‘ubore asramang xotirda mendin». Bu yanglig‘ zohir aylab ko‘p malolat, Berib xotirlarig‘a istimolat. Ko‘zi birla tili garchi bu sori, Va lekin jonu ko‘ngli ko‘zgu sori. Alar bu nuktalardin shodmona, QO‘pub uylarga bo‘ldilar ravona. Bu yanglig‘ chun alarg‘a chora qildi, Yana ul ko‘zguga nazzora qildi. Burung‘udek yuzi erdi qorang‘u, Hakimikim yasog‘ondur bu ko‘zgu 3 . Tilismin bo‘yla qilg‘ondur radidor Ki, har shakl ondakim bo‘lg‘ay namudor. Chu nozirg‘a tamosho hosil o‘lg‘ay, Yana hosil tilismi botil o‘lg‘ay. Chu Farhod ul talabdin bo‘ldi navmid, O‘zin ko‘rdi g‘amu mehnatda jovid. Dedi chun o‘lgali g‘amdin yovushti Ki: «Oh ish tushti, ammo sa’b tushti. Agar qilsam o‘zumni rora-rora, Chu matlub o‘lmag‘ay hosil, ne chorag‘! Burun andinki kuygay joni zorim, Junun olg‘ay ilikdin ixtiyorim, Kerakdur chorae andesha qilmoq, Xirad rasmini da’bu resha qilmoq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling