Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
141 Ki, ul tog‘u navohini qilib shahr. Chu ul ma’mura vaz’in qildilar tuz, QO‘pub sarchashma sori qo‘ydilar yuz. Siroh ichra tushub Xoqonu Farhod, Ne bu o‘z holidin g‘amgin, ne ul shod. Quyosh Suqroti chun yer qildi maskan, Kecha Luqmoni bunyod etti shevan. Yasab ko‘ku qaro birla libosin, To‘kub ashk ayladi zohir azosin. Alar Suqrot so‘gidin topib dard, Vale Chin yodi birla darddin fard. Tuzub bazm ul kecha ham komu nokom, Ichib achchiqqa-achchiq bir necha jom. Kel, ey soqiyu hikmat ayla oyin, Manga tutg‘il mayi mamzuj rangin. Qadah sarchashmasig‘a solibon jo‘sh, Meni qil jo‘shdin bir lahza xomo‘sh. XXVI Farhodning Xoqon bila Chin azmig‘a dashtraymolig‘i va Chinda yuz ko‘rguzgan oyinai chiniy g‘amidin shaydolig‘i va ul ko‘zguga tamosho qilg‘och, Arman kishvari, balki Eram bog‘i va Arman vodiysi, balki hayrat tog‘i anga hulyai namoyish va jilvai oroyish qilmog‘i va Shirinning jamoli ko‘zgusin ul ko‘zgu jamolida mushohada qilib, oh urub yiqilg‘oni va aning ohi ul ko‘zgu yuzin tiyra qilg‘oni Sahar sarchashmasi chun bo‘ldi ravshan, Falakning marg‘zorin qildi gulshan, Safo topib falak Yunon zamini Sirah chekti quyosh Xoqoni Chini. Qilib Xoqon yana Chin mulkiga mayl, Dema Xoqonki Farhodu bori xayl. Xazoying‘a qo‘yubon mu’tamadlar, Berib har birga mingdin ko‘p madadlar. Azimat Ching‘a bo‘ldi ko‘ch-barko‘ch, Ishi yo‘q erdi ul yo‘lda magar ko‘ch. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 142 Demay yo‘l qat’ig‘a chunkim qo‘yub yuz, Kechani kechau kunduzni kunduz. Yetib Xoqon yana Chin kishvarig‘a Nabi ul nav’kim din kishvarig‘a. Tushub taxtig‘a shohi kishvaroroy, Aningdekkim sharaf burji aro oy. Qo‘yub Farhod chun Chin shahrig‘a gom, Taraddud ichra tutmay ko‘ngli orom. Qilib ko‘zgu xayolining umidin, Tilab filhol maxzanlar kalidin. Eshiklarni ochib qolmay qarori, Sarosima yugurdi ko‘zgu sori. Ko‘rungach ul bulurin raykari pok, Bo‘lub andeshalig‘ ko‘ngli tarabnok. Tushurdi ul latofat huqqasini, Latofat yo‘qki, ofat huqqasini. Kalidin istabon xozindin olib, O‘zin yuz ming balo bandig‘a solib. Kalid aylab zabona shaklidin til, Bo‘lub oni ochar man’ig‘a qoyil. Tutub qufl og‘zi zulfinini mahkam, Yetib imo oni ochmasqa ul ham. Urub zulfini qufl ichinda yuz rech Ki, ya’ni bu xatarliq fikrdin kech. Kishi taqdirdin bo‘lmas chu qochib, Chiqordi ko‘zguni sanduqni ochib. Ko‘rub ul nav’kim mir’oti xurshed, Jahonni ko‘rguzub chun jomi Jamshed. Tushub ko‘ngliga hayratdin sharora, Aning ruxsorig‘a qildi nazora. Ne ko‘rdi: turfa dashti nozrarvard, Ko‘runmay sahnida juz sabzai dard. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling