Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
Ayon mavj ichra hardam yuz g‘aroyib, 
Bo‘lub ming zohir, ul yuz bo‘lsa g‘oyib. 
Necha ko‘z tushsa ko‘k suv charxmonand, 
Tutub atrofi ko‘k zaylig‘a rayvand. 
Xiromon har taraf yuz turfa mohi, 
Xirad mohiyatin bilmay kamohi. 
Ulug‘lar sahmnoku o‘yla hoyil 
Ki, aylab ko‘rguchi hushini zoyil. 
Suda yuz tog‘u yo‘q biriga orom
Vale tog‘iki bo‘lg‘ay mohi andom. 
Nechakim orqasi tog‘ avji yanglig‘, 
Tanida naqshi daryo mavji yanglig‘. 
Tengizda ko‘rguzib andog‘ shitobi 
Ki, charxi obgun ichra shihobi. 
Shigarfu dilrabo har birga haykal, 
Urub sayri su ko‘zgusiga sayqal. 
Tengiz dalvi suyin hardam qilib qut, 
Aningdekkim su ichkay dalvdin
5
Hut. 
Kichikroqlarg‘a andog‘ sho‘ru oshub 
Ki, torub bahr alar g‘avg‘osidin ko‘b. 
Kichik birla ulug‘lar son ichinda
Nechukkim sabza sarviston ichinda. 
Kashaflar har birining sahmi behad, 
Yasab suv uzra jismi birla gunbad. 
Bo‘lub me’mori qudrat anda boni, 
Sudin qilmay xarob andoq binoni. 
Taharruk birla saqfi bo‘lmayin shaqq, 
Nechukkim gunbazi charxi muallaq. 
Balig‘ sayd aylabon har yon nahangi, 
Nechukkim rang sayd etkay ralangi. 
Tani bir tog‘dekkim bo‘lsa xoro, 
Temurdin tishu changal oshkoro. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
Kelib orqosi oning tez rarra, 
Niholi umrni kesmakka arra. 
Ne rarra, g‘am sirohi kayburi ul. 
Baliyat qal’asining kunguri ul. 
Su mavjin og‘zida qilg‘il tasavvur 
Ki, bir javshanni tutqay hardam anbur
6

Nahang atrofida saqlovidin sho‘r, 
Nechukkim ajdaho atrofida mo‘r. 
Yana har yon ko‘runub ko‘zga xarchang, 
Azimat aylagan vaqti kaj ohang. 
Kashaf jismig‘a jismi lams etar chog‘, 
Urung‘ondek biri-birga iki tog‘. 
Ko‘runib jonvar bahr ichra behad
Nechukkim dasht ichinda har nechuk dad. 
Tamavvuj bahr uzakim tutmay orom, 
Alar ustida sun’ ilki yoyib dom. 
Shahu shahzoda har yon beshumora 
g‘aroyib aylar erdilar nazora. 
Bayaknogoh qazoyi osmoniy, 
Ayon qildi baloyi osmoniy. 
Yesa boshlodi yel behad xatarnok
Hujum etti tengiz yuzinda ko‘lok. 
Janubiy haddidin sarsar kelib tez, 
Tengiz ahlig‘a bo‘ldi vahshatangez. 
Qari mallohlar mundoq baloni 
Ko‘rub arz ettilar yirtib yaqoni 
Ki, har yuz yilda bu yel bir qilur sayr
Va lekin yo‘qturur bu sayr aro xayr. 
Ravon yetkurdilar bir turfa zavraq, 
Yangi oy zavraqidin tezravroq 
Ki, bo‘lmasdin burun bu yel ziyoda, 
Tashindik munda shohu shohzoda. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling