Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
Solib malloh yetkurdilar oni
Kema yonig‘a kelturdilar oni. 
Ne ko‘rdilarki yotur navjavone, 
Havodis zarbasidin notavone. 
Bo‘lub hush anga zoyil ichkulukdek, 
Yotib ul taxta ustida o‘lukdek. 
Chu ko‘p qildilar ahvolig‘a tadqiq, 
Nafas og‘zig‘a kelmak bo‘ldi tahqiq. 
Hayoti aylabon ul elni xurram
Ani kishtiga chektilar hamul dam. 
Dimog‘ig‘a tutub har nav’ mashmum, 
Ko‘zin ochib hayoti bo‘ldi ma’lum. 
Quyub bo‘g‘zig‘a sharbat, og‘zig‘a qut, 
Bo‘lub ul to‘mau sharbat anga qut. 
QO‘pub o‘lturdi, dog‘i so‘rdi ahvol, 
Dedilar har ne bor erdi anga hol. 
Eshitti chun javob aylab savolin, 
Bular ham so‘rdilar ul xasta holin. 
Dedikim: «Biz guruhi tojir erduk, 
Yaman sori Xo‘tandin soyir erduk 
Qilibon kemamizni g‘arqa ko‘lok, 
Cho‘kub daryo tubiga boru yo‘q pok. 
Manga ro‘zi bo‘lub bu taxtarora, 
Bo‘lubsiz taxtai umrumg‘a chora. 
Men ushbu taxtag‘a bo‘lg‘och hamog‘ush, 
Dimog‘imdin hamul soat ketib hush. 
Gahi hushumda, gohi hushdin fard
Boshimg‘a kelmayin juz mehnatu dard. 
Ketib erkan durur bu lahza hushum 
Ki, solmish munda baxti saxtko‘shum. 
Manga bu yerga tushgandin xabar yo‘q, 
Bu xud o‘tti agar bordur, agar yo‘q. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
Mening xud qat’ o‘lub erdi hayotim, 
Yo‘q erdi mutlaq ummidi najotim. 
Bukim jonim o‘lumdin emin o‘ldi, 
Sizing altofu ehson zomin o‘ldi. 
Nechakim aylasam holim qiyosi, 
Ko‘runur sa’b bu minnat adosi. 
Meni charx o‘ltururdin xiyrakushvor, 
Sizing tirguzganingiz bo‘ldi dushvor. 
Agar ming yil tirik bo‘lg‘oymen oxir, 
Netib bu uzrunguz qo‘lg‘oymen oxir. 
g‘aribu xastamen ham zoru ojiz
Kishiga tushmasun bu hol hargiz 
Ki, el yuz nav’ tutqoylar anga qo‘l, 
Yuzidin birga xizmat qilmag‘ay ul. 
Va lekin to tirikmen bandangizmen, 
Necha bo‘lsam tirik sharmandagizmen. 
Ko‘rub ul xalq bu arzi tazallum
Aning zimnida bu husni takallum. 
Ayog‘din-boshiga xusravnishonliq, 
So‘zida bahrdek gavharfishonliq. 
Bo‘lub bori asiru zori oning, 
Dilu jon birla xizmatkori oning. 
Muvajjah aklu shurb aylab muruvvat
Navosiz jismig‘a kirguncha quvvat. 
Alar bori anga maftunu shaydo 
Ki, bo‘ldi necha zavraq suvda raydo. 
Ko‘rub kishti eliga tushti motam, 
Fuzunroq bo‘ldi bu motam damo-dam. 
Tilab borisi bir-birdin bihillik
Ko‘rub Farhod ishidin tangdillik. 
Demay molu hayotu jondin afsus, 
Va lekin borcha aytib ondin afsus. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling