Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
Qolib hayron alardin so‘rdi Farhod 
Ki, nevchun bo‘ldingiz mahzunu noshodg‘» 
Dedilar yig‘labonkim: «He so‘rarsen, 
Bu zavraqlarki bahr uzra ko‘rarsen. 
Qaroqchilar durur ahli jazoyir, 
Bo‘lurlar bekaron bahr ichra soyir. 
Agar yolg‘uz, agar ikki, agar uch
Kema yo‘luqsa har yon kelturur kuch. 
Otarlar kemaga qorurai naft 
Ki, har qoruradur bir ko‘rai naft
4

Urub o‘t kemani chin kuydururlar, 
Tamomi kema ahlin o‘ltururlar. 
Qilurlar xalq molin nahbu g‘orat, 
Alarg‘a bahr uza budur tijorat. 
Bizing emin yo‘l o‘zga sori qolmish
Bu sori bizni daryo mavji solmish. 
Ne elga yetsa bu majma’ navidi, 
Ketar ul xayldin maxlas umidi». 
Chu fahm etti bu ish farzona Farhod, 
Alarg‘a ko‘p ko‘ngul berdi bo‘lub shod. 
Dedi: «Qayg‘urmangizkim bermagay Haq, 
Alardin hech ofat sizga mutlaq. 
Sizing xayl ichra bormu erkin oyo, 
Necha o‘q birla ko‘rrak zo‘rluq yo». 
Chekib borisi hayrat birla hayhot
Vale ne istadi — kelturdilar bot. 
Aning zo‘rig‘a garchi yo yo‘q erdi, 
Hamul yo loyiqi dog‘i o‘q erdi. 
Yasab yo go‘shasin, o‘qni tuz aylab, 
Ul ishning irtikobin yolg‘uz aylab. 
Tuzotguncha o‘qu yoyin dilovar, 
Yetishti har yon ul xayli jafogar. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
Yasab qoruralar o‘t yog‘dururg‘a, 
Kemavu kema xalqin yondururg‘a. 
Yetib ul yergakim qorura yetmas, 
Dema qorura, o‘q ham oncha ketmas. 
Qilib qoruraafkanni nishona, 
Aningdek otti Farhodi yagona 
Ki, urdi naftliq qorurani-o‘q, 
Ushotti ul yolinliq ko‘rani o‘q. 
Tushub o‘t, o‘rtonib qoruraandoz, 
Hamul zavraqqa ul xayli dag‘oboz. 
Yana bir ham otorg‘a chun yovushti, 
Anga dog‘i bu yanglig‘ shu’la tushti. 
Chu ikki kema xayli kuydilar pok
Yuz urdi qochqoli ul xayli bebok. 
Kema boshini qaytorg‘uncha nokom, 
O‘n-o‘n beshning ishin qildi saranjom. 
Alardin ba’zi kuydi, ba’zi o‘ldi, 
Nekim qolg‘on qochib ovora bo‘ldi. 
Bu ish ul kema ahlin aylabon lol, 
Biri xushhol bo‘lsa, o‘ni behol. 
Bori boshin qo‘yub qoshig‘a oning, 
QO‘pubon evrulub boshig‘a oning, 
Fido aylab anga jonu jahon ham, 
Nisor aylab qoshida molu jon ham. 
Aning za’fi edi har dam fuzunroq
Maloli rishtasi haddin uzunroq, 
Alar diljo‘y o‘lub, lekin bu bedil, 
Ko‘rundi necha kundin so‘ngra manzil. 
Yamanning furzasig‘a
5
qildilar mayl, 
Sudin tufroqqa chiqtilar bori xayl. 
Bori ozod o‘lub ming ibtilodin
Dema ming ibtilo, yuz ming balodin. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling