Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
167 Topib ul shahr aro bir turfa manzil, Ravoni yeshtilar manzilda mahmil. Dame qilmay madoro oshkoro, Bo‘lub ollinda oning majlisoro. Qilib raydo keturdilar mayi nob, Yamanda yo‘q aqiq ul nav’i serob. Chu may birla qizishti boshi oning, Surohidek oqib qon yoshi oning. Kelib yodig‘a har dam taxtu johi, Bihishti qasr ila xaylu sirohi. Atou qolmog‘i daryo aro zor, Anou ko‘nglida yuz bahri ozor. O‘ziyu bu sifat ovora bo‘lmoq, Tuman ming mung aro bechora bo‘lmoq. Gahe bekaslik aylab ko‘nglini resh, Gahe bemorlig‘din jonida nesh. Gahe joni kuyub shaydolig‘idin, Gahe matlub noraydolig‘idin. Tushub har lahza o‘zga olam ichra, Solib elni g‘amidin motam ichra. Ulus holig‘a chun aylab tafakkur, Biri yig‘lab, biri aylab tahayyur. Kishi holin kamohi fahm qilmay, O‘zi dog‘i o‘z ahvolini bilmay. Bu xayl ichra bor erdi rahnavarde, Musofirshevai ozoda marde. Hunar bobida ustodi zamona, Zamona ichra naqqoshi yagona. Varaqni kilki aylar chog‘da tasvir, Bo‘lub noyibmanobi kilki taqdir. Ne surat yozg‘ali topib chu dast ul, Jahonni aylabon suratrarast ul. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 168 Jahon mulkin kezib kishvar-bakishvar, Hududi boxtardin to ba xovar. Xito mulkiga ham tushgan guzori, Kelib ollig‘a Moniy dastkori. Tilab manshur ul tutmay musallam, Musallam tutmay ul istarda bu ham. Qalam ahlig‘a oning tarhi dastur, Jahon ahli debon otini Shorur. Sayohatda qazoi osmoni Bularg‘a hamrah aylab erdi oni. Base hayron edi Farhod ishida Ki, ko‘rmaydur edi tavrin kishida. Ne ish ul qilsa aylar erdi ta’miq. Qila olmas edi holini tahqiq. Tengizda dog‘i ul razmig‘a hayron, Qurug‘luq ichra bu bazmig‘a hayron. Bu damkim ko‘rdi oning holi zorin, Sirishku nolai beixtiyorin. Tafarrus birla torti fikratandesh Ki, ko‘nglin ishq tig‘i aylamish resh. Qilay der erdi har so‘zdin mudovo, Anga Farhod qilmas erdi rarvo. Jihatsiz kuymagiga soldi chun ko‘z, Sola boshladi dardi ishqdin so‘z. Necha ishq o‘tidin qilsa hikoyat, Anga aylar edi ko‘rroq siroyat. Bilib so‘zin xiradmandi yagona, Der erdi ishqdin o‘tlug‘ fasona. Dame ul yig‘lamoqdin tutmay orom, Ani bu nav’ o‘ziga ayladi rom. Guzin Farhodg‘a bexavfu kulfat Bo‘lub Shorur ila ul nav’i ulfat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling