www.ziyouz.com kutubxonasi
405
14. Bu va bundan avvalgi baytlarda Navoiy o‘zining ahvoli ruhiyasini ochib berishga intiladi.
Saroydagi
teskari kuchlar, unga muttasil turli masalalar yuzasidan murojaaat qilib turuvchi sanoqsiz
odamlardan charchaganligi, – hech bo‘lmasa “24 soat ichida 24 marta osuda nafas olishga”
naqadar
orzumand ekanligini bayon etadi. Ayniqsa, «farog‘at burchagida» sevimli ishi – ijod bilan mashg‘ullik
qilish istagini yoniq misralarda bildiradi.
15. Barda’ – Arran hokimiyatining qadimiy poytaxti. X asrning ikkinchi yarimlarida ruslar
tomonidan
talon-toroj qilingach, o‘z mavqeini yo‘qotgan. Keyin poytaxt Ganjaga ko‘chirilgan.
16. Navbat urmoq – feodal shohlari o‘z hukmronligi haqida e’lon qilgan paytda katta nog‘ora
(ko‘pincha, «kovurgo») deb atalgan nog‘orani) chaldirganlar. Bu yerda Navoiy ramzan Jomiyning
adabiy hayotdagi shuhratiga ishora qiladi.
17. Navoiy bu baytda «yuz» va «ming» so‘zlarini ikki ma’noda ishlatadi:
biri son, adad ma’nosida,
ikkinchisi – qadimgi o‘zbek qabilalarining nomi.
18. Sheroz – Eronning janubi g‘arbidagi shahar (1750–94 yillarda Eronning poytaxti ham bo‘lgan).
19. Tabriz, Tavriz – Eronning shimoliy g‘arbidagi shahar. Hozir Eron Ozarbayjonining ma’muriy
markazi.
20. Bu va avvalgi 7 baytda Navoiy «faxriya» san’atini qo‘llab, agar Nizomiy Barda’, Ganja va
Rumda mashhur bo‘lsa, Xusrav
Hindistonda shuhrat qozonib, Jomiy esa Ajam va Arabda dong
taratgan bo‘lsa, butun turkigo‘y xalqlar meniki bo‘ldi, men nafaqat Xitoydan Xurosongacha bo‘lgan
yerlarni,
balki Sherozu Tabriz, hatto turkmanlarni farmon bilan emas, asarlarim (jumladan,
devonlarim)
bilan zabt etdim, deydi.
21. Hijriy 889 – 1484 yilga to‘g‘ri keladi.