Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


LII  Alisher Navoiy. Farhod va Shirin  www.ziyouz.com


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

LII 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
403
Bob sarlavhasida Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni eshitib Mehinbonu ham hayotdan 
ko‘z yumgani, Chin mulkidan kelgan Bahrom Sheruyaning mollarini ziyon-zaxmat ko‘rganlarga 
bergani va Armanga odil podshoh tayin qilib, o‘zi barcha lashkarlarni qaytarib, saltanatdan yuz 
o‘girgani bayon etiladi. 
1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning do‘sti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u 
osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik ko‘rsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Cho‘bindek bo‘lib 
qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy so‘z o‘yini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron podshohlaridan 
Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Cho‘binga ishora qiladi. 
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha bo‘lgani uchun ham uning 
tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma’lum bo‘lgan gaplarni xonga 
shunday arz qildi. 
3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini bayon 
etadi. Nido san’ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog g‘oyat samimiy, ta’sirli va xalqona chiqqan. 
4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi o‘rnida ishlatilgan: «ayla dinglo” degani aylading-ku ma’nosini 
anglatadi. 
LIII 
Bob sarlavhasidan uni Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo madxi va unga 
Navoiy bir necha nasihatlar bag‘ishlagani anglashiladi. 
1. Favoris – «foris»ning ko‘pligi; suvoriy, sher, demakdir. 
2. Abul Favoris – Shoh G‘arib Mirzo (Husayn Boyqaroning o‘g‘li)ning laqabi. Xallada davlatuhu – 
(arabcha duo), «xudo davlatnni abadiy qilsin», demakdir. Bu ibora shohlar, shahzodalarning ismidan 
keyin aytiladi yoki yoziladi. 
3. Temurxon – Amir Temur, Temurlang (13369.4, Shahrisabz – 1405. O‘tror sh.) – O‘rta Osiyoda 
yirik feodal davlat arbobi, sarkarda. Temurning o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘i mayib bo‘lgan, oqsoqlangan. 
Shuning uchun uni Temurlang (oqsoq Temur) deyishgan. Qabri Samarqandda Guri Mir maqbarasida. 
4. Ulug‘bek (laqabi, asl nomi Muhammad Tarag‘ay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. – 
Samarqandlik buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, otasi 
Shohruh davrida 17 yashar Ulug‘bek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning to‘la hukmdori 
qilib tayinlanadi. Keyinchalik (1414) uning davlatiga Xorazm ham qo‘shildi. 1447 y. Shohruh 
vafotidan keyin Ulug‘bek Shohruh tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni birlashtirib, kuchli 
davlat tuzmoqchi bo‘ldi. Lekin reaktsion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. 1449 yili Ulug‘bek 
siyosatidan norozi o‘g‘li Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Samarqand yaqinidagi 
qishloqda qatl etildi. Samarqandda dafn qilingan (Guri Mirda), Ulug‘bek davrida, ayniqsa, 
Samarqandda hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulug‘bek musiqa 
ilmi va adabiyot bilan ham shug‘ullangan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» nomli tazkirasida 
Ulug‘bek faoliyatiga yuksak baho beradi va uning she’rlaridan namuna keltiradi. 
5. «Zichi Ko‘ragoniy» – Ulug‘bekning o‘z rasadxonasida olib borgan astronomiyaga oid 
kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallardan iborat asari. Uning maxsus nazariy qismi – muqaddimasi 
juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. 
6. Ilm ul-yaqin – har narsaning mohiyat va kayfiyatini bilish, ochish. 
7. Tahmuras – miloddan avvalgi Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni. 
Afsonalarda uni Marvda kuhandiz, Xuroson, Nishopur va Isfahonda Mag‘riz va Soriyyani barpo qilgan 
(mil. av. 830 y.), deyiladi. Navoiy «Tarixi muluki Ajam”da yozishicha, ro‘za tutishlik undan sunnat 
qolgan. Forscha kitob yozishlik va bo‘z to‘qishlikni Tahmuras ixtiro qilgan. U har kimning biror 
sevgan odami bo‘lsa, uning suvratnni chizdirib, shu bilan xursand bo‘lar ekan. Shundan butparastlik 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling