Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
XXXVIII
Bu bob sarlavhasida Xusravning Shirin tomonidan kelgan javoblardan achchig‘lanib, Armaniyaga qo‘shin tortgani, Farhodni qoya ustida ko‘rib, uni tutmoqchi bo‘lgani, Farhod so‘zlaridan Xusrav qalbiga tig‘ sanchilgani bayon etiladi. 1. Bu bayt mazmuni: yuz mingdan ortiq qo‘y-qo‘zi hamaldagicha, qoramollar esa savr kabi poda- poda edi. Shoir bu yerda Mehinbonu o‘z qo‘rg‘onida qamal paytidagi ehtiyoj uchun qo‘y va mollar saqlagani haqida yozib, qo‘ylar sonini hamal – qadimgi nujum fanicha o‘n ikki burjdan o‘n birinchisi (uni qo‘y shaklida tasavvur qilinadi)dagi yulduzlar miqdoriga, qoramollarni esa savr – o‘n ikki burjning ikkinchisi (o‘y–ho‘kiz shaklida faraz qilinadi. Yulduzlariga nisbat beradi. Shoir bu yerda g‘oyat ustalik bilan tashbeh san’atini qo‘llaydi. 2. Bu baytdagi birinchi «tosh» so‘zi «tashqari», ikkinchisi «tosh» ma’nosida ishlatilgan. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 397 3. Ikkinchi misradagi «er uzra osmon» iborasi Mehinbonuning qal’asini anglatadi. 4. Baytning mazmuni: Parvez Farhodga ko‘z tashlashi bilan ko‘ksiga dashnai tez – o‘tkir tig‘li xanjar tekkandek bo‘ldi. 5. Baytning mazmuni: lekin olamaro sabotsiz odamlar meni benomu nishonga chiqarib qo‘yganlar. Bu yerda so‘z Xusrav olami Farhoddan otini so‘raganda qilgan javobi ustida ketmoqda. 6. Bu va keyingi baytning mazmuni: boshingdan (bir tosh bilan) mili xudingni – urushda kiyiladigan qalpoqning uzayib chiqqan uchini uchirib yuboraman, bunisi bilan esa senga salom yo‘llayman; yana bir tosh bilan esa bayrog‘ing boshidagi yarim oyni nishonga olaman. Bu so‘zlarni Farhod Xusravga qarata aytadi. 7. Baytdagi «navo» so‘zi bahra, huzur-halovat ma’nosida ishlatilgan. XXXIX Bob sarlavhasida Xusrav vaziri Buzurg Ummid bilan maslahatlashgani va Mehinbonuga noma yuborgani, uning qat’iy javoblaridan ojiz qolgan Xusrav Armaniya qo‘rg‘onini qamal qilgani bayon etiladi. 1. Bu baytda shoir irsoli masal san’atiga murojaat qiladi. Xusravning Farhoddan ustunligini dalillash maqsadida «it hurar – karvon o‘tar» maqolini ishlatadi. 2. Bu baytda ham Navoiy irsoli masal san’atini qo‘llab, «afsun birla ilonni indan chiqarish mumkin» maqolini ishlatadi. Xusravning Farhodni afsun – sehr, avrash bilan band etishlikka jazm qilinganligiga ishora qilinadi. 3. Bu va avvalgi ikki bayt mazmuni: uning zotida haq shunday yashiringanki, uning o‘zligidan nishona qolmagan. Kim bunday narsa (ya’ni ishq) ichida o‘zini ko‘rsa, har tomonda haqning zuhurini ko‘radi. Shuning uchun ham zohir bo‘lgan narsanigina emas, go‘zal deb maqtalgan (kimsa)ni qattiq sevib qolgan bo‘lsa ajab emas. So‘z Mehinbonuning Farhodni ta’riflab, Xusravga bergan javobi ustida ketmoqda. 4. Baytning mazmuni: nogoh qamishzorga o‘t tushsa, «ho‘l-quruq barobar kul bo‘ladi». Bu yerda ham shoir irsoli masal san’atidan foydalanadi. 5. Misradagi: sur savtining safiri – aynan: surnay (yoki karnay) ovozi ma’nosini anglatadi. Maj.: diniy tushunchaga ko‘ra, qiyomat kuni Isrofil degan farishta sur chalib, o‘liklarni tiriltirar, yana bir chalganda qaytadan o‘ldnrar ekan. Shoir bu yerda talmeh san’atini ustalik bilan qo‘llaydi. XL Bob sarlavhasida Xusravning Mehinbonu qo‘rg‘oninn qamal qilgani, uning lashkarlari Farhod irg‘itgan toshlarga bardosh bera olmaganlari, bir hiylagar ko‘magida Farhodni band etib, Xusrav huzuriga olib kelganlari xabar qilinadi. 1. Telba qush–Farhod ko‘zda tutiladi. 2. Ishq bulbuli–ya’ni Farhod. 3. Bu va avvalgi bayt mazmuni: qo‘rg‘on ahli tunu kun hamma narsadan voqif, kunduzlari ovoz chiqarmas edilar. Lekin kechasi esa «hozir bo‘l» {ehtiyot bo‘l) deya fig‘on bilan shovqin solardilar. 4. Bu baytda Shopur (Farhodga behush qiladigan dori sepilgan gulni islatib, o‘zidan ketkazgan hiylagar boshiga tosh bilan urib o‘ldirgani haqida yozadi va irsoli masal san’ataga ko‘ra «Boshni tosh ushatadi», maqolini ishlatadi. XLI Bu bob sarlavhasida behush Farhodni Xusrav huzuriga keltirganlari, uning boshdan-oyoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling