Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
399
(Hayitmetov A.Navoiy ijodiy metodi masalalari, 109bet). 
6. Tiyr – Atorud (Merkuriy) sayyorasi, yulduzi shunday deb ham ataladi. 
7. Bu baytda shoir Zuhra yulduziga xitoban: bir pastgnna musiqang torini tuz; men o‘larga yetdim. 
Hazin (yig‘loqi) kuyingni boshla, deydi. 
8. Saodat axtari – baxt yulduzi demakdir. Bu yerda Shirin ko‘zda tutiladi. 
9. Baytning mazmuni: u (ya’ni Farhod) tongga qadar yerga yumalab, har mojaro ustiga yuz mojaro 
qildi. 
10. Bu va avvalgi baytning mazmuni: modomiki, g‘am tuni uni o‘ldirgan ekan, tongning olovli 
quyoshi haqida so‘zlashdan ne foyda. Makkor falakning odati shu emishki, u avval zaharlab, so‘ngra 
zaharga qarshi dori beradi. 
XLIV 
Bu bob sarlavhasida Farhodning zanjirsiz zindon atroflarida yurganini eshitgan Xusrav uning 
qo‘riqchilarini jazolamoqchi bo‘lgani, Farhodning hayot ekanligidan xabar topgan Shirin unga noma 
yo‘llagani bayon etiladi. 
1. Afolloh – arabcha: xudoning o‘zi saqlasin (yoki olloh kechirsin, ma’nosida). 
2. Baytdagi g‘amkashdan – Mehinbonu, mahvashdan – Shirin ko‘zda tutiladi. Bu shoirning 
istioralariga yaxshi misoldir. Baytning mazmuni: U (ya’ni Shirin) hech o‘ylamay sakkizta barmog‘i 
(shoir ularni gul barglari deb ataydi) bilan (timdalab) sarig‘ yuzi uzra qonlar (shoir ularni qizil gulga 
o‘xshatadi) oqizdi. Bu ham favqulodda istioralardir. 
3. Bu baytda Shopur Mehinbonuga murojaat qilib, shunday ta’riflaydn: ey osmon kursisida 
o‘tirgan, sipohlari yulduzlarcha (behisob), muborak yuzli, iffat pardasini yopingan (malika). 4. Bu nido 
san’atiga yorqin misol bo‘la oladi. 
5. Bihamdillah – arabcha: xudoga shukur. Bu va keyingi baytning mazmuni: xudoga shukrki, uni 
(ya’ni Farhodni) hiyla va makrlar bnlan asir etgan odamni devni o‘ldira oladigan bir tosh bilan urib, 
jahannam yurtiga jo‘natdim. 
6. Baytning mazmuni: u (ya’ni Shopur) anglagan narsalarning hammasini bir-bir to‘rg‘ay 
(chakovak)dek sayrab (so‘zlab bera boshladi). 
7. Sumanbar – Shirin ko‘zda tutiladi. 
XLV 
Bob sarlavhasidan Shirinning Farhodga maktubi, unn o‘qib behush yiqilishi, Farhodning javob 
xati ma’lum bo‘ladi. 
1. Royiha yabusati – yoqimli hidning shiddati. 
2. Baytning mazmuni: (bu maktubni) bir shamdan parvonaga demayman samandardan bir gulxan 
(otashxona)ga (yo‘llayman). Shoir bu yerda afsonaviy samandar degan jonvorning o‘t ichida 
yashashligiga ishora qiladi. Ayii paytda Navoiy ham talmeh, ham istiora (gulxan Farhod samandar – 
Shirin) san’atlarini qo‘llaydi. 
3. Bu baytdan Shirinning Farhodga yozgan maktubi boshlanadi. Maktubni Sharq peziyasidagi 
noma janrining ajoyib namunasi sanash mumkin. Unda so‘z ifodasini topgan hijron va uning alamli 
iztiroblari yolg‘iz Shiringagina emas, shuningdek, o‘rta asr feodal davri xotin-qizlariga ham 
taalluqlidir. Ayni choqda, bu maktubda Navoiy ijodiga xos realistik elementlar o‘z aksini topgandir. 
Unda Shiringa xos bo‘lgan go‘zal fazilatlar, chunonchi: oqilalik, sofdillik, vafodorlik yuksak mahorat 
bilan ta’riflanadi. 
4. Bu baytda Farhodning vahshiy hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashib ketganligini nazarda tutib, 
Shirin Farhodni Sulaymonga va afsonalardagn Sulaymonning barcha jonivorlar ustidan hukmronlik 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling