Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

XLVII 
 
Bob sarlavhasida Farhod ko‘nglidagi jarohatlar Shirin maktubidagi hayotbaxsh so‘zlardan tuzala 
boshlagani, Shirin barri haroratlari ham Farhod xati mazmunidan taskin topgani, bular orasidagi 
muhabbat zanjirini Shopur harakatga keltirayotgani, Xusrav bilib qolib uni azob zanjiriga solgani va 
Farhodni qatl etish uchun chora-tadbir qidirgann bayon etiladi. 
1. Masih – Iso payg‘ambarning laqabi. Diniy afsonalarda Isoning o‘z nafasi bilan o‘lganlarni 
tiriltirish, jon bag‘ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, deyiladi. Sharq she’riyatida sevgilini va uning 
lablarini jonbaxshlikda Masih, Masiho (Iso)ga o‘xshatiladi. Bu yerda Navoiy Shirin maktubida bitilgan 
so‘zlar hayotbaxshligini Masih nafasiga tashbih qilmoqda. 
2. Maryam – diniy afsonalarga ko‘ra, Iso payg‘ambarning onasi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
401
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: «U (ya’ni Xusrav) bechora Farhod turgan yerdan tortib 
sarvqomat Shirin joylashgan yergacha bo‘lgan masofaning hammasiga pistirmalar yasatdi va bu 
pistirmalarga ashaddaiy yovlarni joylashtirdi. Ular har bir o‘tgan-ketgan odamni tergab, ularning 
ishlarini tekshirib turishlarn kerak edi» (Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon, 119-bet). 
4. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: tasodifan, o‘sha 2–3 kun orasida Shopur Farhodni ko‘rishga 
yo‘l topib, parivash (ya’ni Shirin)dan yana bir noma olib, sabodek yelib borarkan, o‘sha (Xusrav) 
odamlari o‘z istaganlarini tutdilar. Tintuv qilganlarida yonidan xat chiqdi. 
XLVIII 
Bob sarlavhasida makkora kampir Farhod boshiga ajaldek yetishib, uning hayotiga qasd qilgani 
bayon etiladi. 
1. Baytning mazmuni: qaddi ikki bukilgan (bu) qari kampirning hiyla-nayrangi falaknikiga o‘xshar 
edi. 
2. Baytning mazmuni: osmon makkorasi uni xola, Dallatul muhtola esa uni ona deb atar edn. Bu 
yerda shoir afsonalarda o‘z ayyorligi, makr va hiylalari bilan nom chiqargan ayol nomini keltirish bilan 
talmeh san’atini ishlatadi. 
3. Baytnnng mazmuni: (makkora kampir) o‘zining fol ochadigan no‘xat donalaridan birma-bir 
hukmlar chiqara boshlasa, el uning hukmlariga zarracha (aynan: arpa donasicha) shak keltirmay 
(ishonardi).
4. Bu va keyingi baytning mazmunn: (makkora kampirning) yuz pardasi haromzodalik, qalloblik 
ipidan to‘qilgan, libosi har xil rangli lattalardan quroq qilib tikilgan (ya’ni quralgan) edi. Go‘yo 
Maryam haramda maqsadiga erisha olmay Tur tog‘iga orom olish uchun kelgan, desang bo‘ladi. 
Shoir bu yerda diniy rivoyatlardagi Iso payg‘ambarning Maryamdan dunyoga kelishi bilan bog‘liq 
hikoyaga ishora qilmoqda. Buning uchun u talmeh san’atini qo‘llaydi. Ayni choqda makkora kampir 
Maryamga, Farhod turgan tog‘ esa Arabistondagi muqaddas Tur tog‘iga o‘xshatiladi. 
5. Baytning mazmuni: sen dunyo odamlari bilan noittifoq ekansan, bunda haqlisan, xudo haqqi
haqlisan.
6. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: nikoh amri oshkoro bo‘lgach, [Shirinning tinimsiz 
afg‘onlari ko‘kka yetdi. U o‘ziga o‘lim tig‘ini urib, bu g‘ussadan o‘zini o‘ldirdi. Ba’zilar: u Parvez 
uning bolidan bebahra bo‘lsin deb zahar ichgan, – dedilar. 
7. Fartut – ayvan: juda qarib qolgan. Bu yerda makkora kampir ko‘zda tutiladi.
XLIX 
Bob sarlavhasida Farhodning qoya tosh uchi bilan ko‘ksini yorib, yillar mobaynida ko‘nglida 
tig‘izlanib yotgan g‘am-anduhlarini chiqarib tashlagani va jononi yodi bilan jonidan kechgani bayon 
etiladi. 
1. Shu baytdan boshlab shoir nido san’atini qo‘llab Farhodnnng charxga, g‘am tig‘i, anduh toshi, 
ajal, qiynoq, azob, hijron g‘ami, tog‘, metin, hayvonlar va h. k.larga murojaat etib nolalar 
bilan vasiyat qilganini juda ta’sirli misralarda tasvirlaydi. 
2. Bu yerda Farhod uchun yurtida yil fasllariga monand qilib bunyod etilgan to‘rt bog‘ va to‘rt qasr 
yodga olinadi.
3. Sayfiy ravza – yoz fasli uchun yaratilgan bog‘ (ichida qasri bilan). 
4. Xazoniy ravza – kuzlik bog‘ (qasri bilan). 
5. Shitoyi ravza – qishlik bog‘ (qasri bilan). 
6. Baytning mazmuni: yirtqich hayvonlar u holin (ya’ni Farhodning o‘limini) ko‘rib, Farhodni 
o‘ldirganni (ya’ni makkora kampirni) burda-burda qilib yubordilar. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling