Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
400 qilishiga ishora qiladi. Navoiy bu o‘rinda talmeh san’atidan istifoda etadi. 5. Baytda Shirin o‘zini Sulaymonning sevgilisi Bilqisga o‘xshatadi. 6. Mehnat durboshi– bu yerda mashaqqat kaltagi ma’nosida ishlatilgan. 7. Yetti ko‘k – ilmi nujumga ko‘ra osmon yetti iqlimga bo‘linadi. Go‘e ular bir-birining ustiga joylashgan bo‘lib, har qaysisiga bir sayyora hukmronlik qilar emish. 8. Billah, summa billah – arabcha: Xudo haqi, yana Xudo haqi (qasam ma’nosida). 9. Baytning mazmuni: Shopur xat [yozish] uchun kerakln buyumlarni: siyoh uchun mushkin va oq [qog‘ozni] chiqardi. 10. Baytning mazmuni: Noma eltuvchi (ya’ni Shopur) nomani olib yugurdi, bir amallab qo‘rg‘onga ham kirdi... Bu yerda shoir ishtiqoq san’atiga ko‘ra noma va shu so‘zdan yasalgan nomabar (xat eltuvchi) so‘zini ishlatadi. Ayni choqda istiora san’atini qo‘llab, Shopur ismi o‘rinda nomabar so‘zini ishlatadi. XLVI Bob sarlavhasida Farhjd xatini o‘qigan Shirinning iztirobga tushgani va uning ko‘ngil qushi sevgilisi tomon qanot qoqqani bayon etiladi. 1. Farhod o‘z maktubida Shiringa murojaat qilib, g‘oyat xokisorlik bilan uning itlari holini so‘raydi. Jumladan, bu baytda deydiki: (ular) bo‘yinlaridagi qiloda – tasmangdan zavqlangan paytlarida mening bo‘ynimga solingan halqani eslaydilarmi? 2. Bu va keyingi baytning mazmuni: unda (ya’ni Farhod ta’riflayotgan bir zaif, majruh it) mey odamiylik nishonini ko‘rib, ko‘z qorachig‘imdek saqlar zdim. U ko‘zim qoni oqishini ko‘rsa, o‘z ko‘zlaridan qon oqizar edi. Shoir birinchi baytda ishtiqoq san’atini qo‘llaydi; mardum, mardumlig‘ so‘zlarini ishlatadi. Ikkinchi baytda esa iltizom san’atiga ko‘ra ko‘z qoni oqmog‘i, «ko‘zumdek qoni oqib» iboralarini bir bayt doirasida takroran zikr etadi. 3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: azaldan qismatimga sevgi bitgan va taqdir dardu mashaqqatni (peshonamga) yozgan ekan, buning uchun men kimga ta’na qilay, o‘zimdan boshqa kimni yozg‘uray? (Axir) yuzlab men, minglab Xusravning yo‘q bo‘lib ketishi qazo oldida bir dona arpachalik ham emas. 4. Tamma bilhayr – arabcha: yaxshilik bilan tamom bo‘ldi. 5. Baytning mazmuni: uning (ya’ni Shirinnnng) tani xatni bog‘laydigan tob ipdek (chirmashdi). Ammo xasta jismiga shu ip tobdek ta’sir qilgan. Bu baytda shoir nozik so‘z o‘yini ishlatadi. Birinchi misradagi «tob» maktublarni ustidan o‘rab qo‘yadigan ipak tasmani anglatadi: ikkinchi misrada esa tasmadek o‘ralib ketgan Shirinning jismida tob harorat betobligi (xastaligi) edi, degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birga, shoir bu baytda ishtiqoq (tob, betob) tajnis (tob – ip o‘raydigan npak tasma; tob – harorat) va iltnzom (tob, tob, betob) san’atlarini mohir lik bilan qo‘llaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling