Payt holini ifodalovchi sintaktik birliklarning


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1368539
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-сон 2020 йил 164



Хорижий филология №1, 2020 йил 
 
164 
 
PAYT HOLINI IFODALOVCHI SINTAKTIK BIRLIKLARNING 
INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMASI 
Saloxiddinov Manuchehr, 
SamDCHTI magistranti 
Kalit so’zlar: temporallik, sintaktik birlik, sintaksema, adverbial element. 
 
Ma’lumki, gap qurilmasida payt holini 
ifodalovchi sintaktik birliklar rang-barangdir. 
Jumladan, ingliz tili gap qurilmasida ishtirok 
etgan payt holini ifodalovchi birliklarning 
o’zbek tiliga tarjima qilinishi usullarini 
aniqlash ham tarjima nazariyasida muhim rol 
o’ynaydi. Ta’kidlash joizki, tarjimashunos 
olimlar asosan matnning mazmuniga, stilistik 
omillarga ko’proq e’tibor qaratganlar, ammo 
bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilishda 
grammatik shakllar tarjimasiga ham e’tibor 
qaratish foydadan xoli emas.
A.M.Muxin 
konsepsiyasiga 
asoslangan holda payt holini ifodalovchi 
sintaktik birliklarning differensial sintaktik-
semantik belgisi temporallik atamasi bilan 
yuritiladi. Shunga ko’ra, temporallikni 
ifodalovchi sintaktik birliklarning ingliz 
tilidan badiiy matnda o’zbek tiliga tarjimada 
berilishini ko’ramiz.
Temporal sintaksemani ifodalovchi 
birliklar gap qurilmasida kesimga bog’lanib, 
unda 
ifodalangan 
ish-harakatning 
tugallanganligini, 
davomiyligini, 
chegaralanganligini, nutq jarayonidan keyin 
bajarilishini, 
ish-harakatning 
bajarilishida 
ketma-ketlikni ifodalashi mumkin.
Ingliz va o’zbek tillarida temporallik 
turlicha ifodalanishi mumkin va tarjimada 
ham har xil berilishi mumkin: 
1. 
Adverbial 
elementlar 
bilan 
ifodalanganda o’zbek tiliga quyidagicha 
beriladi:
a) yet hali – bu kesimning inkor shaklida 
uchraydi: 
You haven’t reached it yet (Q.A., 
195). 
Siz uchun hali o’zgarish bo’lgani yo’q 
(Y.A., 218). 
b) never hech qachon: 
You’ll never take me seriously, will 
you (Q.A., 195)? 
Siz 
menga 
hech 
qachon 
jiddiy 
muomala qilmaysiz (Y.A., 218)? 
c) now hozir: 
He sat now in his legation room 
fretting at a telegram to decode (Q.A., 200). 
Payl hozir o’z missiyasida o’tirib, 
sabrsizlik bilan telegrammani rasshifrovka 
qilayotgandir (Y.A., 223). 
d) still hamon: 
She is waiting for him still (Q.A., 35). 
Hamon uni kutayapti (Y.A., 25). 
e) ever bir paytlar: 
Were you ever in love with her (E.H., 
117)? 
Sen 
bir 
paytlar 
unga 
oshiq 
bo’lganmiding (E.H., 102)? 
f) once bir vaqtlar: 
Robert Cohn was once Middleweight 
boxing champion of Prinseton (E.H., 11). 
Robert Kon bir vaqtlar o’rta vaznda 
Prinston 
Universitetining 
chempioni 
bo’lgandi (E.H., 3). 
g) just bir paytlari: 
It’s just like the Fratellinis used to be 
(E.H., 107). 
Bir 
paytlari 
xuddi 
Fratellini 
sirkchilari aytganidek (E.H., 93). 
h) already allaqachon: 
Mike was already in bed (E.H., 138). 
Mayk allaqachon yotgandi (E.H., 
122). 
i) always paytida: 
There was always a breeze even in the 
heat of the day (E.H., 118). 
Kunning hatto eng jazirama paytida 
ham nuqul shabada esib turar edi (E.H., 103). 
j) then o’zbek tiliga keyin, shu payt, o’shanda, 
bu paytda kabilar yordamida tarjima qilinadi: 
Then they pulled up the door of the 
cage (E. H., 130). 
Keyin qafasning eshigini ochishdi 
(E.H., 115). 



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling