Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
402

Bu bob sarlavhasida dahrning vafosizligi sababli Xusrav va Mehinbonunnng yarashganlari, 
qo‘rg‘on ichida, qamalda yotganlarning tarqalib ketganlari, Farhod o‘limidan o‘lar holga yetgan 
Shirinni Armaniyaning bahavo tog‘iga yuborganlari bayon etiladi. 
1. Baytning maznuni: tabaqalarga (biri ikkinchisi ustida joylashgan yetti iqlim ko‘zda tutiladi) 
bo‘lingan osmon ajoyib qushdirki, uning ishi kabutardek muallaq uchmoqdir. 
Shoir keyingi baytlarda o‘zining yaratuvchi haqidagi juda dadil fikrlarni bnldiradi. Olamni 
kabutarga, yaratuvchini kabutarboz sayyodga nisbat berib, uni jallod deb ataydi. 
2. Bu va keyingi baytlarda Navoiy bir notavon va bexonumon kishi Farhodni ko‘rnsh va uni 
xizmatida bo‘lish uchun kelib yetganini, bu payt Farhod jon berayotib, nolalar qilganini, o‘zini bir tosh 
orasiga olib eshitganini bayon etadi. U shaxs Farhod qabrinm ko‘tarib, u yerda mujovir (mozorda 
yashovchi) bo‘ladi va xalq orasida ko‘rganlarinn hikoya qilib yuradi. Bundan Shirin ham xabar topadi. 
3. Bayt mazmuni: (agar Parvez qamaldagi xalqni ozod qilmasa), ularning toqati toq bo‘lib, 
Bonudan yuz o‘giradilar (aynan: Bonu bilan oq bo‘ladilar). Shoir bu yerda xalq orasida keng tarqalgan 
«Oq bo‘lmoq» iborasini qo‘llaydi. 
4. Bu baytda shoir Mehinbonuning tadbirkorlik bilan Xusrav yuborgan odamlarga muomalasini 
bayon etib, u yuborgan maktubni o‘pib, sudo’ afsuni, ya’ni bosh og‘rig‘ini daf etish uchun yozilg‘an 
tumordek boshimg‘a qo‘ydim, deydi. 
5. Bu ikki bayt Navoiy istioralariga yorqin misoldir: Farhod o‘limidan keyin xastahol Shirinni tog‘ 
tepasida Farhod qurgan qasrga yuboradilar. Shoir ikki baytda mohirlik bilan 8 marta istiora san’atini 
qo‘llaydi: falak – tog‘ni, oy – Shirin, chaman – bog‘, gul – Shirin, Quyosh – Shirin, jonfido ayvon – 
qasr, pari – Shirin, chashmai hayvon – Farhod qazgan ariqni anglatadi. 
LI 
Bob sarlavhasi Shirinning safar vaqtida unga Sheruyaning ko‘zi tushib qolishligi va Xusravni 
o‘ldirib, Shirinni o‘ziga so‘ratishi, Shirin esa uni muloyim so‘zlar bilan yupatib, toqqa ravona bo‘lishi 
va Farhodning so‘ngaklarini shu yerga keltirib, ularni quchoqlab jon berishini bayon etadi. 
1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki 
davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm o‘tkazsa, albatta unga jazo yetishadi. 
Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urug‘ini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi. 
2. Baytning mazmuni: unnng (ya’ni Farhodning) hajrida men (ya’ni Shirin) bemormen, bedilmen. 
Bamisoli chala so‘yilgan bir qushdirmen. 
3. Baytning mazmuni: ular (ya’ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki
feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya’ni kech tushib qoldi). 
4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qo‘shib (Shopurni) o‘z 
maqsadiga ko‘ra yo‘lga soldi, ularga ko‘plab, xush isli tutatqi, olovda xo‘shbo‘y chiqaradigan yog‘och, 
mushku atrlar berdi. Ular tog‘ ichidan ko‘hkan, ya’ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga solib 
keltirishlari lozim. 
5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) ko‘rsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni 
havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qo‘ydi, o‘z sevgilisi bilan hamog‘ush bo‘ldi. Shunda 
dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, ko‘zi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu ediki, unga 
hech kim qonmagan, qiyomatgacha uyg‘onmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora (sarvi cholok – 
Shirin, bedil – Farhod) va ruju’ (uyqu – ne uyqu...) san’atlarini qo‘llaydi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling