Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

XXXV 
 
Bu bob sarlavhasi Mehinbonu va Shirinning Farhod sharafiga ziyofat bazmi tuzganlari, o‘nta har 
sohada iqtidorli bo‘lgan kanizak qizlarning xizmatda bo‘lgani, Shirin qo‘lidan may ichgan Farhodning 
ishq tug‘yonidan hushdan ketishi bayon etiladi. 
1. Advor – muzika ilmining bir sohasi: muzika nazariyasi; Sharq muzikasining eski nota usuli. 
2. Mantiq – mantiq ilmi, logika. 
3. Hay’at – Sharqda astronomiya fani. 
4. Haqoyiq («haqiqat» so‘zining ko‘pligi) ilmi – mavjudot haqiqatlari haqidagi ilm. 
5. Balog‘at – adabiyot nazariyasiga oid bo‘lib, badiiy so‘z san’atini, shoirlik mahorati sirlarini 
o‘rganuvchi ilm. 
6. Hikmat– falsafa fani, ba’zi tadqiqotchilar fizika va tabiiyot ilmi deb ham hisoblaydilar. 
7. Muammo – arabcha: berkitilgan, yashiringan; Sharq she’riyatida janr turlaridan biri. Muamno 
misra, bir yoki ikki baytdan iborat bo‘lib, unda biror so‘z, ko‘pincha atoqli ot harflari yashiringan yoki 
shunga ishora qilingan bo‘ladi. Uni maxsus qoidaga asosan ramz, imo, ishora, kinoya, o‘xshatish, ba’zi 
so‘zlarni boshqa tildagi sinonimini tanlash, teskari aylantirish yoki «abjad» hisobi va h. k. yo‘llar bilan 
topib olish, yechish kerak. Muammo aytish va uni yechishga bag‘ishlab maxsus risolalar ham bitilgan. 
Ayniqsa XV asrda – Navoiy davrida muammo keng tarqalgan. Bu haqda, jumladan, Jomiy uchta, 
Navoiy bitta risola yozganlar. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
395
8. Muammoda ot chiqarmoq – shoir «ot chiqorib» iborasini ikki ma’noda ishlatadi. Biri – mashhur 
bo‘lmoq, dong taratmoq; ikkinchisi – muammoda yashiringan nomni chiqarish, muammoni yechish. 
9. Baytning mazmuni: bu fanlardan ularning har biri bosh qasidan maqtovli, shu fanning yuzlab 
ustasidan bularning bittasi mohirroq edi. Navoiy bu va yuqoridagi besh baytda o‘z zamonasida ravnaq 
topgan fanlardan o‘ntasida Mehinbonu saroyidagi o‘n kanizak dong taratganini madh etadi. Bundan 
anglashiladiki, shoir yaratgan har jihatdan mukammal Mehinbonu, Shirin, Layli, Dilorom kabi ayollar 
obrazlari qatorida fanda e’tibor qozongan komila va fozila bo‘lgan Shirinning o‘nta nadimasi borligi 
davr adabiyotida ham katta yangilik edi. 
10. Shoir bu baytda Mehinbonuning yana bir yuksak fazilatini ta’riflaydi: u ilmparvar, ilm ahliga 
boshchilik qilar edi. So‘z asnosida Navoiy Mehinbonu donolik bilan Farhodning olimalar bilan 
suhbatiga, o‘zini tutishiga razm solib, uning oddiy toshyo‘nar yigit emasligini, balki bilim va zakovat 
egasi bo‘lgan olnjanob shaxs ekanligini anglab olganini ta’kidlaydi. 
11. Bu baytda shoir Farhodning so‘z boshlagani, u faqat so‘z gavharlarvni sochdigina emas, balki 
ko‘zlaridan ham gavharlar sochdi deb yozar ekan, istiora san’atini qo‘llaydi, gavhar sochilishini ko‘z 
yoshlari o‘rinda ishlatadi. 
12. Sumanbar – oqbadan go‘zal; bu yerda Shirin ko‘zda tutiladi. 
13. To‘rt burqa’ ostidan mehr – aynan: to‘rt osmon ostidan quyosh (chiqishi). Bu yerda Shirin to‘rt 
qavat parda ostidan chiqib kelishini quyosh chiqishiga o‘xshatilgan. Qadimgi astrologiyada 
ta’kidlanishncha, quyosh to‘rtinchi osmonda turar emish. 
14. Yetti xirgoh – yetti osmon ma’nosida ishlatilgan. Shoir Shiringa ko‘zi tushgan Farhod shunday 
bir oh torttiki, yetti osmon uning dudidan qorayib ketdi der ekan, mubolaga san’atining ig‘roq turidan 
istifoda qiladi. 
15. La’lig‘a olib la’li ahmar – bu misradagi birinchi «la’l» – lab, ikkinchisi – qizil may ma’nosida 
ishlatnlgan. 
XXXVI 
Bu bob sarlavhasida Farhod va Shirin visol mayidan behol bo‘lganlarini ko‘rgan hasadchi davron 
ularning xursandlik qadahlariga hijron zaharini qo‘shgani– Xusrav Parvez Shiringa sovchilar 
yuborgani bayon etiladi. 
1. Madoyin – arabcha «Madina» (shahar) so‘zining ko‘pligi. Arab Iroqidagi Firot daryosi bo‘yidagi 
qadimgi shahar. 
2. Kisro – sosoniylar tabaqasidan bir podshohning nomi. Bu yerda shoir Xusravni uning nabirasi
deb ta’riflamoqda. 
3. Hurmuz – Xusrav Parvezning otasi. 
4. Parvez– lug‘aviy ma’nosi: muzaffar, baxtiyor; Xusravning laqabi. 
5. Bu baytda shoir Xusravning yuqoridagi baytlarda ifodalangan asosiy muddaosi – yana bir 
uylanib toju taxtiga yarashiqli, boshqa vorislardan afzalroq farzand ko‘rish niyatini tasdiqlash uchun 
irsoli masal san’atini qo‘llaydi. «Urug‘ni yaxshi yerga sochish kerak» degan hikmatli so‘z orqali 
maqsad ochib beriladi. 
6. To‘biy, tubo – diniy e’tiqodga ko‘ra jannat daraxti deb tasavvur qilinadigan go‘zal daraxt. Unda 
hamisha xushbo‘y va xilma-xil mevalar pishib turar ekan. Bu yerda kelishgan qomat ko‘zda tutiladi. 
7. Kavsar – jannatdagi serob va suvi mazali chashma emish. 
8. Baytning mazmuni: xalq orasida bu xil yoqimli gap-so‘z yoyilgach, ular Xusrav qulog‘iga ham 
yetib keldi. Shoir bu yerda Farhod va Shirin orasidagi oshiq-ma’shuqlik haqidagi gaplarni nazarda 
tutmoqda. 
9. Baytning mazmuni: lekin (Xusrav) sovchilarga nimalar ma’lumligini, ular qanday xabar 
keltirishini bilmas edi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling