Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
391 aylandi. Shoir bu oddiy fikrni shunday o‘xshatishlarda beradi: Tun qora po‘stini (kish) ostida oq rangli mayin mo‘yna po‘stin kiygan (qoqum) kunni-yashirganida, dolg‘alar (talotum)ni dengiz silovsin (sinjob), (ya’ni mayin mo‘yi o‘siq olmaxon) qildi qo‘ydi. Baytdagi «kish»,_ «qoqum», «sinjob» so‘zlari «istiora» san’atiga binoan «qora po‘stin», «oq mo‘yna po‘stin», «mayin» («mayda») so‘zlari o‘rnida-ishlatilgan. 8. Shoir bu ikki misrada «mohiyat» va «kamohi» so‘zlarida so‘z o‘yini qilgan. Mohiyat arabchada «haqiqat» ma’nosida kelganidek, tojikcha baliq ma’nosida bo‘lgan «mohi» so‘ziga nisbat berilganda. ««baliqlig‘i» ma’nosini ifoda qiladi, shuningdek: «kamohi» so‘zi arabchada «o‘zicha» va «tagi tubigacha» demak bo‘lganiday, arabcha o‘xshatish harfi «k» bilan tojikcha baliq ma’nosida bo‘lgan «mohi»dan qo‘shma so‘z qilib olganda ham «baliqday» degan ma’noni beradi. Shoir mana shu ikki so‘zni, shu ikkala ma’noda ishlatgan va har ikkala ma’noda she’rning mazmuni to‘la chiqqan» (izoh S. Ayniyniki. Q. Alisher Navoiy. Xamsa, Toshkent, 1941, 111-bet). 9. Shoir bu misrada Suqrotning yel va suv xatari haqida aytganlariga ishora qilmoqda. XXIX Bu bob sarlavhasida Farhodning taxta ustida Yaman mamlakati tomon suzib borib, savdogarlar kemasidagilarni xalos qilgani, kema qaroqchilar hujumiga uchragani, Farhod ularni yenggani va Shopur bilan do‘stlashgani bayon etiladi. 1. Yaman – Arabiston yarim orolining janubidagi mamlakat. 2. Shopur – Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida vositachi, ko‘makchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga yuruvchi, unga turli ajoyib-g‘aroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs. Xusravga Shirinning rasmini ko‘rsatib, Armaniya o‘lkasiga birga ketgan ham Shopurdir. Navoiyda esa Shopur Farhod bilan tasodifan uchrashib sodiq do‘stiga aylanib qolgan, mohir naqqosh va insonparvar shaxs sifatida talqin etiladi. 3. Toyif– Hijozdagi bir shahar nomi. 4. Qorurai naft– neft solingan shisha idish. 5. Furza– arabcha: ko‘rfaz, qo‘ltiq. 6. Yaman o‘zining tabiiy boyligi aqiq (qimmatbaho qizg‘ish tosh, haqiq ham deyiladi) bilan mashhur bo‘lgan. Shoir bu baytda Yamanda dengiz qaroqchilaridan qutulganlari sharafiga savdogarlar uyushtirgan bir bazmda shu qadar toza may (mayi nob)lar tortildiki, Yamanda hatto aqiqlar ham bunchalik serob emas, demoqchi bo‘ladi. 7. Na’li bozguna urdi – maqol tarzidagi ibora bo‘lib, aynan: na’l (taqa shaklidagi tamg‘a)ni teskari qoqmoq; maj. chalg‘itish, alahsitish demakdir. Shoir el qatori o‘z kori holi bilan mashg‘ul yurgan Farhodning ishini taqdir teskarilab, chappalashtirib yubordi, deydi. XXX Bu bob sarlavhasi Farhodning Shopur rahnamoligida Yamandan Arman mamlakatiga jo‘nagani, Armaniyada tog‘ qaziyotganlarning og‘ir mehnatini ko‘rib, ularga ko‘maklashib ishga tushib ketgani va bu haqda Mehinbonu va Shiringa xabar yetgachi haqida darak beriladi. 1. Bu va avvalgi bayt mazmuni: lekin tosh shu qadar qattiq ediki, yuz marta tesha urilsa ham foydasiz, bir no‘xatchalik, no‘xat u yoqda tursin, ko‘knori urug‘ichalik ham tosh uchmas, kesilmas edi. 2. Qori – uzunlik o‘lchovi, quloch. 3. Ruhul-amin – arabcha: ishonch ruhi. Shoir bu yerda tog‘ qazuvchilarning Farhodga unda oliy sifatlar ko‘rib murojaat qilishlarini ta’riflaydi. Bu va keyingi baytda shoir qator sifatlash san’atini ishlatadi: (she’r ilmida buni «sifatchini» deb ataladi) ruh ul-amindek pok gavhar, malak, oliy guhar va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling