Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
387
samandar yog‘ini beradi. Undan badan va qo‘llarga surkalsa, o‘t ta’sir qilmasligi bayon etilgan. 
8. Bu va keyingn 5 baytning mazmuni: tilsimni qanday ochish haqidagi barcha aziz chin so‘zlar bir 
kumush taxta ustiga yozilgan bo‘lib, u dev bo‘yniga osig‘lik turadi. Undagi tilsimdan Jamshid jomini 
topasan. Jom atrofidagi Iskandari Rumiy naqshlab ketgan yozuvlarni o‘qisang Suqrot hakim haqidagi 
ma’lumotlarni bilib olasan. 
9. Baytning mazmuni: Unga (ya’ni Farhodga) bu xil ishlarni tushuntirgach, Suhaylo jonini 
Tangriga topshirdi. 
XXII 
Bu bob sarlavhasidan Farhodning ajdaho vodiysiga borgani, uni tor-mor qilib, ajdaho g‘oridan 
Afridun xazinasini topgani va barcha boylikni otasi va qo‘shiniga sovg‘a qilgann ma’lum bo‘ladi. 
1. Bu va keyingi bayt mazmuni: Qaraganda uning (ya’ni ajdahoning) ikki ko‘zi xuddi neftning o‘tli 
bulog‘idek edi. Burun teshiklari vahshat tandiriga, balki neft mo‘risiga o‘xshardi. Shoir bu yerda 
mubolag‘a san’atini qo‘llab, ajdahoning dahshatli qiyofasini tasvirlamoqda. 
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: Farhod chaqqonlik bilan osmon kamalagidek yoyiga nayzadek 
o‘tkir o‘qni joyladi va ajdar og‘ziga shunday otdiki, hatto gurdi anjum – yulduzlar pahlavoni Mirrix 
hayratlanib uning qo‘lini o‘pdi. 
3. Bu va keyikgi ikki bayg mazmuni: bu g‘or osmon kabi yumaloq, agar uning markaz nuqtasini 
aniq topa olsang, u yerda qora tosh ko‘milgan, toshning vazni ming botmondan og‘irdir. Qiliching uchi 
bilan atrofini ochib, qo‘llaring bilan uni o‘rnidan qo‘zg‘at. 
4. Zulfiqor – hazrat Alining ikki damli, g‘oyat keskir afsonaviy qilichi. Shoir bu yerda Farhodning 
ajdaho g‘ori ichida topgan xazinasidagi bir qilichni Zulfiqorga o‘xshatmoqda. 
5. Bayt mazmuni: uning (ya’ni qilichning) yonida qubbasi falak quyoshidek porloq bo‘lgan bir 
qalqon bor edi. 
Keyingn baytlarda shoir qalqon qubbasida Sulaymon o‘z uzugidagi kabi ismi a’zam o‘ydirgani, 
qilichda ham bir ism yozilgan bo‘lib, qilichning o‘tkirligi o‘shandan ekanligi va qilich gunohsizlarga 
zarba yetkazmasligi, yomonlarni, yovuzlarni esa ayovsiz ikkiga bo‘lib tashlashi haqida fikr yuritadi. 
XXIII 
Bu bob sarlavhasi Farhodning Ahraman nomli dev yashaydigan o‘rmonga ot surgani va uni 
o‘ldirib, Sulaymon uzugini qo‘lga kiritganidan darak beradi. 
1. Rustam – Firdavsiy «Shohnoma”sidagi bosh qahramonlardan. U Zolning o‘g‘lidir. Rustamning 
dunyoga kelishi va unga ism qo‘yilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi: Zolning xotini Rudoba 
og‘ir homila ko‘taradi. Oy-kuni yaqinlashganida dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga 
tushgan Zol afsonaviy qush Simurg‘ vositasida jarroh topib keladi. Jarroh onaning yonini kesib, bolani 
oladi. Hushiga kelgan Rudoba farzandini ko‘rib xursand bo‘ladi va oh tortib (ya’ni azobu dardlardan 
xalos bo‘ldim ma’nosida) «Rustam” – deydi. Onaning og‘zidan birinchi chiqqan ana shu so‘zni bolaga 
ism qilib qo‘yadilar. O‘zining bahodirligi, adolatparvarligi va to‘g‘riligi bilan Sharq adabiyotida 
an’anaviy obrazga hamda mardlik ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Farhodning Ahramanni 
o‘ldirganini Rustamning Mozandaronda Arjang devni tor-mor qilganiga o‘xshatmoqda (Bu haqda 
qarang: Firdavsiy. Shohnoma. 1 kitob. Oltinchi sarguzasht, Sh. Shomuhamedov tarjimasi, 353– 357-
b.). 
2. Mozandaron – Erondagi tarixiy viloyat. IX–XII asrlar manbalarida Tabariston nomi bilan 
yuritilgan. 
3. Baytning mazmuni: Rustamdek qasr tomon yurdi. Eshikda raxshini mahkam bog‘ladi. Baytdagi 
raxsh so‘zi Rustamning afsonaviy otining nomiga ishora bo‘lib, bu yerda shoir istiora san’atidan 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling