Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
383
XIV 
Bu bob sarlavhasidan Farhodning yigitlik chog‘larida o‘ynab-kulish o‘rniga g‘am-anduh chekib, 
bulbuldek fig‘on qilishi, bundan diltang bo‘lgan xoqon o‘g‘lini ovutish uchun to‘rt qasr bino qilish 
rejasini tuzgani ma’lum bo‘ladi. 
1. Bu va avvalgi uch baytning mazmuni: nayrangboz o‘yinchilar bevafo osmonga o‘xshab 
ko‘kning aylana muhra (bu yerda «muhra» nayrangbozlarning jomchalar ostida yashiradigan soqqalari 
ma’nosida ishlatilgan) o‘g‘irlagan edilar. Ular o‘z nayranglarini ko‘rsatar ekanlar, falak har lahzada o‘n 
marta pand yer (ya’ni g‘ayratlanar) edi. Ular tunni yoritib, kunduzni qorong‘ilatar, suvdan o‘t yondirib, 
o‘tdan suv chiqarib separ edilar. Shu’lali o‘tdan isiriq ko‘kartirib, o‘rgimchakning toriga temirchining 
sandonini osib qo‘yar edilar. Shoir bu o‘yinchilar san’atinn kuy-qo‘shiqlar shod eta olmagan, aksincha, 
uni yanada dardu g‘am girdobiga solgan Farhodni biroz bo‘lsa-da, ko‘nglini ochish uchun namoyish 
qilinganligini g‘oyat mahorat bilan ta’riflaydi. 
2. Baytning mazmuni: yana bir yozlik qasr qurilsa, u nozu ne’matlarning bo‘ston saroyi bo‘lsa. 
3. Baytning mazmuni: yana bir kuz fasliga moslab qasr qurilsa, uning bo‘yoqlari xazon rangidek 
sarig‘ bo‘lsa. 
4. Baytning mazmuni: yana bir qishlik qasr qurilsa, unga oq rangli Xitoy matolari to‘shasalar. 
XV 
Bu bobda Navoiy Xoqonning vaziri Mulkoro afsonaviy Eram bog‘iga monand 4 qasr qurilishiga 
sarkor va me’morlar tayin qilib, ish boshlab yuborgani, Farhodning esa hunarmandlar san’atini 
tomosha qilib, toshtarosh Qoran ishidan hayratga tushib, uning san’atini o‘rganish ishtiyoqida yongani 
bayon etiladi. 
1. Eram – Eram, jannatga o‘xshash go‘zal va xushhavo bog‘ning nomi. Uni Od qabilasidan 
afsonaviy zolim Shaddod barpo qilgan, deyiladi. 
2. Qoran – dostondagi toshtarosh ustaning nomi.
3. “Kan-naqshi fil-hajar» – arabcha: «toshga o‘yilgan naqshdek” ma’nosini anglatadi.
4. Boniy – dostondagi me’morning nomi. 
5. Bu baytda shoir baland havoza ustidagi roza – binokor ustani falakdagi Zuhal yulduziga 
o‘xshatmoqda. Navoiy bu to‘rt qasr qurilishini shunday mahorat bilan tasvirlaydiki, ishning 
rejalanishidan to binolar qad ko‘targunga qadar bo‘lgan mehnat jarayonini hayotiy, real tarzda tasavvur 
qilish mumkin. Muhandisu me’mor, naqqoshu toshkesar, paxsachilaru g‘ishtchilar, temirchilaru 
rassomlar, ishboshilaru pardozchilarni, ularning mo‘‘jizakor mehnatini shoir alohida ta’riflaydi. 
Ayniqsa, ishning qizg‘inligi, hamma o‘z o‘rnida muayyan ish bilan yonishi, yelib-yugurishi, mehnat 
jarayoni haqida katta, qaynoq mehr bilan so‘z yuritiladi. 
6. Ko‘hi-Qofi – butun yer yuzini o‘rab turadigan afsonaviy tog‘ning nomi. 
7. Shoir bu va keyingi baytlarda Farhodning Qoranning san’atiga qoyil qolib, uning tesha va toshga 
pardoz beruvchi metini nima sababdan hech bir zarar topmay osonlikcha toshlarni yo‘nib, o‘yib gul va 
naqshlar solayotgani haqidagi savoliga Qoranning bergan javobini bayon etadi. Hamma gap ularni 
yasashda suv berishga bog‘liq ekan, bu sirni esa dono usta hech kimga oshkor qilmas ekan. Farhod 
katta ishtiyoq va zavq bilan Qoran san’atini kuzatib turib o‘rganib oladi hamda o‘zi uning yonida 
astoydil ishga tushib ketadi. 
XVI 
Bu bob sarlavhasida Farhodning Qorandan toshyo‘narlik, Moniydan naqqoshlikni, boshqa hunar 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling