Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
379 11. Bu va keyingi baytlardan Jomiy ham birinchi hotif aytgaklarini ta’kidlagani, ularni shoir qabul qilgani va duo olib o‘z hujrasiga ravona bo‘lgani anglashiladi. IX 1. Bu bob sarlavhasida Navoiy dostonini yozishga kirishar ekan, asarning rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarnn ko‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarnn tuzatib, o‘z g‘oyalarini qay tarzda ifoda etimoqni niyat qilganini yozadi. Bunda u g‘oyat obrazli qilib: «Ma’no nafosatlari mato’ini g‘oyibdan kelgan savdogarlardan hayotim naqdini berib, latofat uyining kelinchaklari uchun sotib olmoq va jon ipi va kiprik ignasi bilan namoyish va oro libosini tikib, bu bokiralar qadlariga solib jilvalantirmoq»,– deya bayon qiladi (Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon muallifi G‘afur G‘ulom, matnni ayrim to‘ldirishlar bilan qayta nashrga tayyorlovchi Hayitmetov A. 13-bet). 2. Bu baytning mazmuni: menga yulduzdek kulib turgan toleim yuqori manzil – «Xamsa»chilik yaratishdek yuksaklikdan joy tayyorladi. Keyingi baytlarda bu joyni farishtalar kelib o‘z parlari bilan supurgani, osmon yulduzlaridan ko‘z yoshi to‘kib, u yerga suv sepgani haqida so‘z yuritar ekan, shoir Sharq she’riyatidagi yopiq istiora san’atidan foydalanadi. 3. Sharqda maxsus majmar (mijmar) deb atalgan manqalga qora rangli daraxt cho‘plari – udni tashlab, yoqimli hid taratish odati qadimdan mavjud. Hindistonning Qumor degan shaharida esa eng yaxshi ud bo‘lar ekan. Bu baytda shoir ana shunga ishora qilmoqda. Keyingi baytlarda Navoiy qalamni yo‘nib, yozishga kirishar ekan, saodat va iqbol kirib kelib uni muborakbod etganlari ta’riflanadi. 4. Bu baytda shoir «tuproq ko‘tarsang, katta tepadan ko‘tar», keyingi baytda esa «tuproq olsang oltin bo‘lsin» kabi xalq maqollarini ishlatib, she’riyatdagi «irsoli masal» san’atini qo‘llagan. 5. Nasri toyir–aynan: burgut; maj. burgutga o‘xshab ko‘rinuvchi. yulduzlar turkumining nomi. Uni «Uqob» ham deb yuritiladi. Bu yerda shoir doston yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi yulduzlar turkumi – nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorong‘uligida sayr qila boshladi, deydi. 6. Bu va keyingi baytlarda Navoiy yozilajak asari yangi bo‘lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, shoir o‘ziga asos maqsad qilib, adabiyotga yangilik berishni niyat qilib olganligini bildiradi. Bu sohada qalam tebratganlar nazm dengizidan ajoyib durlar qo‘lga kiritganini, lekin ancha oliy qimmat durlar hamon qolib yotganini bayon etib, ularni olib chiqish va o‘z dilrabo asarimga bezak qilish menga muyassar bo‘ldi, – deydi. 7. Bu bayt mazmunida Navoiy o‘z dostonining ranglarga boy, undagi voqealar ham, qahramonlar ham g‘oyat otashin bir tarzda, ta’sirchan qilib yaratilganligini bildiradi. 8. Bu va keyingi baytlarda shoir ushbu jomdan may ichganlar, ya’ni shu mavzuda doston yozganlarning barchasi Xusravning maddohi bo‘lib qoldilar. Ular uning mulkiga, rasm-rusmlari, qo‘shiniyu imkoniyatlarini Shabdez otining uchqurligiyu Borbad ismli xonandasining sayrashi, Shopur degan yaqinining uzluksiz hiyla-firiblari, Buzurg Ummid nomli vazirining xushomadgo‘yligi uning (ya’ni Xusravning) goh Maryam (Rum qaysarining qizi), goho Shakar (Isfahon go‘zali) ismli xotinlarn huzurida orom olishiyu Shiringa shohona oshiqlik izhor qilishini madh etdilar. Uni haqiqiy muhabbat oyini bo‘lgan dardu balo, azobu iztiroblardan begona bo‘lgan erka bir shoh sifatida talqin qildilar. To‘g‘ri, ular ora-sira Farhod haqida ham so‘z yuritdilar. Uni shunchaki tog‘lardagi bir toshyo‘nar qilib, Shirin vaslida yelib-yugurgani uchun Xusrav tomonidan o‘ldirilganini bayon qildilar, – deydi. Ko‘rinadiki, ularda Farhod obrazi epizodik xarakterga ega. 9. Bu baytda Navoiy o‘z salaflaridan boshqacha yo‘l tutganini, asos e’tibori bilan mehnatnoma (mehnat – mashaqqat, ranj, alam ma’nosida) mazmunini sharh etganligini uqdiradi. 10. Navoiy Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni tarannum etishni munosib ko‘rgani bu va keyingi baytdan anglashiladi. Binobarin, Navoiy o‘z salaflaridan butunlay |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling