Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
377 dafn etilganligi anglatiladi. Keyingi baytlarda Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma’nolarga to‘la asarlarini xazinalarga o‘xshatib ta’riflaydi. Kimki bu xazinaga o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lsa, falak uning boshiga toshlar yog‘diradi. Ular orasidan do‘stlar gavhar, dushmanlar esa chaqirtosh topadilar. Ana shu gavhar, durlar ko‘ngilga o‘rnashsa; uni xazinaga aylantiradi, deydi shoir. 8. Hinduyi zod – Navoiy Hindistonda yashab ijod etgan, Nizomiydan so‘ng «Xamsa» yaratgan Xusrav Dehlaviy (1253–1325)ni ko‘zda tutadi. 9. Xizr – afsonalarga ko‘ra, «Obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik yuradigan sirli karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr g‘oyibdan paydo bo‘lib, yo‘ldan adashgan musofirlarga ko‘mak etuvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok timsoli hisoblanadi. Bu yerda bir necha tashbih ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr payg‘ambarga, Hindistonni qora tunga o‘xshatadi. Bunda xalqining rangi qora bo‘lganiga hamda Xizr zulmat ichida hayot bulog‘ini topganlngiga ishora qilinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she’riyati ana shu afsonaviy hayot bulog‘iga nisbat beriladi. 10. Chashmai hayvon – tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq. Uni qora zulmat mamlakatidan Xizr qidirib topgan, deydilar. 11. Qaqnus – afsonaviy qush. Uning tumshug‘ida ko‘p teshiklar bor bo‘lib, ulardan taralgan hazin ovozlardan musiqa yaralar emish. Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Qaqnusning go‘zal tasivirini beradi. Unga ko‘ra, Qaqnus Hindistonda bo‘lar, baland daraxtlar boshiga in solar ekan. Bu qush umri bo‘yi xas-xashak, cho‘p, terib, katta xirmon yig‘ar, hayotining oxirida shu xirmon ustida hazin ohang bilan sayrar ekan. Uning dilkash navosini eshitgan butun o‘rmondagi qush va hayvonlar yig‘ilar ekan. Oxiri Qaqnus shunday alamli bir nola qilar ekanki, undan xirmonga o‘t tutashib ketar va shu o‘tda o‘zi ham yonib ketar ekan. Xirmon kuli ostidan yangn bir Qaqnus bolasi par yozib chiqar sekin-sekin parvoz qilib, yana o‘sha otasi shug‘ullangan ishi – xas-cho‘p terishga unnab ketar ekan. Navoiy bu yerda Xusrav Dehlaviyni Qaqnusga, uning she’riyatidagi musiqiylikni, dil o‘rtovchi hazinlikni Qaqnusning sayrashiga o‘xshatadi. 12. “Mah to ba mohi» – aynan: «balig‘dan oygacha» degan mazmunii bildiradi. Bu ibora «erdan ko‘kkacha» ma’nosida ishlatiladi. 13. Bu o‘rinda Navoiy Nizomiy Ganjaviydek ulug‘ shoir dostonlariga javoban «Xamsa» yozishlik oson ish emas, demoqchi bo‘ladi. Keyingi baytlarda shoir Nizomiyni filga, Xusrav Dehlaviyni ham garchi kichikroq esa-da, filga o‘xshatadi. Ularning shavkat va quvvatidan madad tilaydi. Uzini esa hayqiruvchi filga o‘xshatadi, u so‘z o‘rmonini egallab olishni orzu qiladi. 14. Bu bobdan boshlab, deyarli har bir bob shoirning soqiyga murojaat tarzida yozilgan asosan 2 baytli (ba’zan 3 bayt), agar ta’bir joiz bo‘lsa, miniatyur «soqiynoma»lar berib boradi. «Bunday parchalar shoirning har bir bobda tasvirlangan voqea yoki muammoga munosabati, xulosasi hamda ichki kechinmalarini ifoda qiluvchi bir vosita – lirik lavhalardir» (Isoqov Yo. Navoiy lirikasining asosiy janrlari. O‘zbek adabiyoti tarixi, II tom, 101-bet). Ba’zan esa shoir bu xildagi lirik chekinishlarda keyingi bobda qalamga olinadigan voqea yoxud masalalarga ishora ham qiladi. Bu yerda soqiyga murojaat qilib shoir: har ikki shoir (Nizomiy va Xusrav Dehlaviy) yodi uchun qo‘sh jom – ikki piyola qadah keltir. Uni ichib Jomiy mayining madhiga kirishay,– deydi. 15. Jomiy (1414–1492) – fors-tojik adabnyotining ulug‘ mu-tafakkir namoyandasi Abdurahmon Jomiyning nisbasi va taxal-lo‘si. Jomiy Navoiyning yaKin do‘stn, hamkori edi. Navoiy undan faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay, balki va-zirlik lavozimi taqozosi bilan davlat ishlarida, siyosiy va ij-timoiy faoliyatida ham maslahatlar olib . turadi. «1476– 1477 yillar orasida u Jomnyni o‘ziga pir sifatida tanlagaa edi. Bu ularning dunyoqarashidagi yaKinliKii ko‘rsatuvchi eng xa-rakterli momentdir» (Hayitmetov A., Mirzaahmedo-v a M. Alisher Navoiyning hayot yo‘li. Q. Uzbek adabnyotn tarixi. II tom. 63-bet). Jomi£ o‘limidan keyin Navoiy uning xotirasiga bag‘ishlab maxsus «Xamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) asarini yozgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling