Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
375 Shiringa ega bo‘lish maqsadida o‘z otasi Xusravni o‘ldirganida, Shirin erining jasadi ustida o‘zini halok qiladi. Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror bo‘lmagan (Xusrav Parvez va Farhod sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod o‘limidan keyin Xusravdan o‘ch olish maqsadida uning xotinini zaharlab o‘ldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy talqinida Shirin vatani va xalqi qayg‘usini chekkani o‘z aksini topmaydi. Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor bo‘lgan qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda go‘zal va bu go‘zallik esa uning ruhiy dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning obodonligi tajassumi sifatida ham tasvirlaydi”. (Erkinov S. Farhod va Shirin // O‘zbek adabiyoti tarixi. II. 242- bet). 11. Xusrav – Sharq xalqlari og‘zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning “Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh. Alisher Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi. 12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu so‘z orqali ham kecha qorong‘uligiga, ham otga ishora qilinmoqda. 13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh). 14. Sheruya – Xusrav Parvezning o‘g‘li. 15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan. 16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, G‘arbda kechqurun porlab ko‘rinadigan yorqin yulduz. Qadim yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan ham ataladi. Zuhra go‘zallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi. 17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi xonandani anglatadi. 18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan. 19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. g‘arbda tog‘ oralig‘idagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda ko‘pincha Farhod nomi bilan aloqali holda tilga olinadi. Farhod shu tog‘ etaklarida kanal qazigan, shu tog‘ni kesib yo‘l ochgan qahramon sifatida tasvirlanadi. Shoir o‘z dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb ta’riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolag‘a san’atini qo‘llaydi, ayni choqda “faxriya” san’atidan ham foydalanadi. III 1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yo‘qlikdagi holati, so‘ngra, vujudga kelishi, go‘dakligi, hayoti to‘g‘risidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh ixtiyorida bo‘ladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yo‘l qo‘ygan xato, gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo ko‘rgan o‘sha yaratuvchi aybdordir, – deya bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechog‘lik qat’iy turganligini ko‘rsatadi (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet). 2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad payg‘ambarning laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor bo‘lishni iltijo qiladi, bu yo‘lda Muhammad payg‘ambardan ham shafoat yetishishini istaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling