Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
378
VII 
1. Bu bob sarlavhasidan uning Abdurahmon Jomiy madhiga bag‘ishlangani ma’lum bo‘ladi. 
2. Zindapili Jomi (XI–XII) – Jomda tug‘ilgan mashhur-mutasavvuf shoir Abu Nasr Ahmad binni 
Abdulhasanning laqabi. Uning taxallusi «Ahmadi Jomiy» bo‘lgan. Navoiy u bilan Abdurahmon 
Jomiyni taqqoslab, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning she’riyatdagi iqtidori ikki filcha bo‘lsa, 
Jomiyning kuchi yuz filcha, tasavvuf bobida esa Zindapilning o‘ziga teng, deya mubolag‘ali ta’riflaydi. 
3. Naf’yi vujud – tasavvuf istilohi –«o‘zlikni yo‘qotish” demakdir. 
4. Ikki jaxon – bu dunyo va oxirat ma’nosida. 
5. Olami kubro – aynan: ulug‘ olam, butun koinotni anglatadi. Tasavvufda esa inson, inson qalbi 
demakdir. Shoir Jomiy kamolotini nazarda tutmokda. 
6. Maqsadi aqso – aynan: eng olis, qariyb yetib bo‘lmas maqsad; bu yerda inson va uning yuragi, 
qalbi mazmuniga ega. 
7. Olami sug‘ro – aynan: kichik olam, tasavvufda esa bu dunyo ko‘zda tutiladi. 
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Jomiyni dengizga, uning asarlarini dengizdagi durlarga, 
qalamini gavhar sochuvchi, ichi shakar bilan to‘la nayshakarga o‘xshatadi. So‘ngra uni duo qilib
madhiyalar o‘qiydi. 
VIII 
Bu bobda Navoiy dostonni yozishga nimalar sabab bo‘lganini bayon etadi. Uning e’tiroficha, bu 
dostonni yaratish orzusi – tamannosi paydo bo‘lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho‘madi,. 
ya’ni ko‘p mutolaa qiladi, o‘ylaydi. 
1. Qoqum xori ila naqb kelturmak – aynan: qoqum (ya’ni mayin junli) hayvonning tuki bilan 
chuqur qazimoq. Shoir bu iborani qiyin mashaqqat bilan amalga oshadi, degan ma’noda ishlatadi. 
2. Zaruriy bo‘ldi avzoig‘a tag‘yir – aynan: uning avzoini o‘zgartish zarur bo‘ldi. Navoiy bu 
misrada o‘z asarini salaflar dostonidan boshqacha, farqli qilib yaratish fikri zarur tug‘ilganini bildiradi. 
3. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yozishga undagan sabablardan biri – o‘zining muhabbat 
sevgisi bo‘lib, bu ishqning alam va iztiroblari edi. Shoir keyingi baytlarda o‘z mahbubasi, u tufayli 
o‘ziga yetishgan azobu uqubatlar bayonini beradi. 
4. Baytning mazmuni – shoir ko‘ngil qo‘ygan mahbubasining ovozasi Farang (Yevropa), Xito 
(Koshg‘ar) va Chin (Xitoy)ga ham yetib borgan edi, ya’ni G‘arbda ham Sharqda ham ma’lum edi, 
demoqchi bo‘ladi. 
5. Baytning mazmuni – menda bu g‘amdan aqlu hush qolmagan bir paytda g‘oyibdan nido (orig.– 
surish) keldi, deydi. Keyingi baytlarda ana shu nidoni sharhlab shoir: Axir sen bu g‘amlarga giriftor 
bo‘lishdan avval qalaming o‘tkirlashib qolgan, Xizrga o‘xshab, qorong‘i zulmatdan tiriklik suvini 
xalqqa sochgan eding ya’ni yaxshi asarlar bilan xalqni bahramand qilgan eding, deb yozadi. 
6. Bu baytda «Hayrat ul-abror” rejalanib, yozib tugatilgani aytiladi. Keyingi baytlarda Navoiyning 
mashaqqat bilan mehnat qilib, dur va javohirlarga to‘la xazinaga erishgani, ya’ni ter to‘kib ijod qilib, 
bebaho asarlar yaratgani ta’riflanadi. 
7. Baytning mazmuni: g‘oyibdan kelgan nido shoirni telbalikni vayronalarda qoldirib, yana bir ganj 
sori qo‘l sunishga, yana bir kon qazishga, ya’ni yangi bir asar yozishga kirishishga da’vat etadi. 
Keyingi baytlarda kon qazish uchun Farhod bilan hamsuhbat bo‘lish, uning qayroq toshida teshani 
tezlab olib, ish boshlash lozimligi maslahat ko‘riladi. 
8. Bu baytda so‘z «Xamsa» dostonlaridan biri («Hayrat ul-abror») yozilgani, endi ikkinchisiga 
(«Farhod va Shirin») kirishishi haqida bormoqda. 9. Hotif– g‘oyibdan ovoz beruvchi. 
10. Pir – aynan: Qari, keksa; maj. biror diniy – ruhoniy guruhning boshlig‘i, rahbari, so‘fiylar 
boshlig‘i. Bu yerda shoir Jomiyni ko‘zda tutadi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling