Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
386 qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda zamonasining Buqroti desa bo‘ladi, – deya ta’riflamoqda. XX Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani, Xoqon Mulkoro bilan kengashib, Farhodni olib Yunonga qo‘shin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi. 1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq ko‘ngli davlat mash’alidir. 2. Dastur – bu o‘rinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan. 3. Baytning mazmuni: qo‘shin to‘plakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu haqda jar soldirdi. XXI Bu sarlavhada Farhodning maqsadlariga yo‘l topish uchun Xoqonning Yunonga qo‘shin surgani va u yerda mamlakat donishmandlari bilan birgalikda Suhaylo hakim g‘origa va barchalari Suqrot g‘origa yetishganlarini ma’lum qiladi. 1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorug‘ yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). O‘rta asr munajjimlari bu yulduz yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, deb biladilar. Bu yerda Yunondagi mashhur donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi g‘orda yashaydi. 2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu donishmandga nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot g‘origa ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan Farhodga yulduzi baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi. 3. Baytning mazmuni: maqsadim mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish edi. 4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu yerda Navoiy istiora san’atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy, Xoqonni esa quyosh deb atamoqda. 5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning o‘limidan keyin hakimlar uning aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan so‘ng Chindan Yunonga bir Farhod degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan so‘ng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo ungacha Farhod ajdarni o‘ldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. So‘ngra devni (ya’ni Ahramanni) qatl etishi kerak, buni bajarganda Sulaymon payg‘ambarning uzugini qo‘lga kpritadi. Tilsimni ochganida Jamshid jomiga ega bo‘ladi. Bularnn Farhod Xoqonga bag‘ishlasin, unga esa Suqrotni ko‘rishi va Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi. 6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot bo‘yicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon payg‘ambar. Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi ma’lum bo‘lgan va bu so‘z (ismi a’zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – o‘yib yozilgan ekan. Bu uzuk vositasida Sulaymon faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu jinslarga ham o‘z hukmini o‘tkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo) diyori malikasi Bilqis bilan oshiq-ma’shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi. Navoiy o‘zining «Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng o‘rin ajratadi (q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15- tom, 224–231-betlar). 7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga ko‘ra, u olovda tug‘ilib, olov ichida yashar emish. Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida o‘t-olovdan saqlanish uchun bir idishda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling