Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
388
istifoda etadi. 
4. Bu baytda Navoiy Ahramanni o‘ldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali inson 
bolasi ko‘rmagan bir uyga yuzlanishi haqida yozib, g‘oyat go‘zal tashbih ishlatadi – uyning orasta
tozaligini ginasiz odamlarning ko‘ngliga o‘xshatadi. 
Keyingi baytlarda Navoiy uyda Farhodning yoqutdan ishlangan qandil ko‘rganini, uning ichiga 
yashirilgan Sulaymon uzugini topganini va qandilga «kimgaki bu uzuk muyassar bo‘lsa, unda yozilgan 
ismni o‘qiganida g‘oyibdan ovoz kelib Iskandar tilsimi sirlaridan xabardor etadi», – deb hikoya qiladi. 
5. Bu baytda Navoiy tashbih san’atini ishlatib qandil shu’lasini Mushtariyga, yorug‘ini esa sham’i 
xovariy – sharq sham’i, ya’ni quyoshga o‘xshatadi. 
6. Bu va keyingi baytning mazmuni: osmon Rustami quyosh qilichini ko‘tardi va zamon Oq 
devining bo‘yniga soldi. Uni mushkul holga solib, halok etdi, devning ohi – faryodi esa jahonni 
qorong‘i qildi. Shoir bu baytda: xudo quyoshning nurlari bilan kunduzni tugatdi, g‘ira-shira tushdi va 
hamma yoqni tunga cho‘ktirdi, degan oddiy fikrni istiora san’ati vositasida juda obrazli qilib bildiradi. 
XXIV 
Bu bob sarlavhasi Farhodniig Suqrot tog‘i tilsimini ochishga otlangani, bir buloq boshida Xizr 
bilan uchrashgani va uning ta’limi natijasida dunyoni ko‘rsatadigan jomni qo‘lga kiritgani haqida 
ma’lumot beradi. 
1. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: (Farhodning) qarshisida osmondek keng ko‘kalamzor 
ko‘rindi, uning o‘rtasida quyosh yanglig‘ buloq obi hayot chiqarib turar, bu suvning har qatrasi jondek 
(yoqimli) edi. Qirg‘og‘ida ko‘k bilan teng bir daraxt bor edt. (Buloq) suvinn tiriklik suvi, (daraxtni) 
Xizr payg‘ambar desa bo‘lar edi. Shoir bu yerda Xizrning obi hayvon – tiriklik suvi topgani haqidagi 
rivoyatga ishora qiladi. 
2. Navoiy xalq kitoblari, sarguzasht adabiyot an’anasiga ko‘ra Xizr tilidan Farhodga tilsimni ochish 
uchun qaerga, qanday qilib necha ming qadam yo‘l bosish, yo‘lda nimalarni yengnb o‘tish lozimligini 
bayon etib kelib, bu baytdan boshlab temir jismli paykar – haykalni tasvirlaydi. Navoiy yozadi: u 
odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq 
sovutga o‘ralgan bu temir odam ich-ichidan yonib turardi. 
Ko‘rinadiki, qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin XV asr Navoiysi hozirgi davr tushunchasidagi robot 
tasvirini yaratgan. 
3. Bu va keyingi baytning mazmuni: eshik ochilgan zamoniyoq, sado o‘chdi (Farhod ko‘rgan 
darvozasinn ochish uchun Xizr o‘rgatganidek belgilangan bir toshni qattiq tepganida baland sado 
chiqqan edi) haligi sovutli haykal yoyiga o‘q tortib chiqib kela boshladi. Buning ustiga yana yuzta 
sovut kiygan (haykallar) o‘q otmoqqa tayyor edi. 
4. Shid – xurshed, quyosh demakdir. 
5. Bu va keyingi to‘rt baytning mazmuni: (Farhod) eshik ochib-ichkariga qadam qo‘ygan edi, 
uyning toqida porlab turgan bir jom ko‘rindi. Yorqinlikda quyoshdek, balki Jamshid jomidek edi. U 
go‘yo jahon ichidagi quyoshdek porlab, jahonni o‘zida aks ettirib turgan ko‘zgu edi. Unda sirli hayot 
va dunyoning holati ravshan ko‘rinib turardi. Tashqari tomonida yerning markazi, ichida esa to‘qqiz 
falak aylanasi jilva etardi. 
Navoiy tasvirlagan bu «Jomi Jam”ning tasviri ba’zi belgilari bilan «ma’lum darajada o‘sha globus 
va kartalarni eslatadi» (Hayitmetov A. Tabarruk izlar izidan. 63-bet). 
XXV 
Bu bob sarlavhasida Farhodning Xoqon va Mulkoro bilan birga Suqrot hakim bilan uchrashganlari 
va uni topishda jahonni ko‘rsatuvchi jomidan foydalanganlari ma’lum qilinadi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling