Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
384
va san’atlarni butun nozikliklari bilan o‘rgangani, to‘rt qasr qurilishi tugallanib, ularda Xoqon Farhod 
uchun bazmlar tuzgani haqida so‘z ketadi. 
1. Bu va avvalgi baytning mazmuni zilzila paytida tog‘ ostin-ustun bo‘lib ketganidek, tun 
qorong‘uligi chekinganida, qizil quyosh tog‘ ustida taxt qurdi. Subh – tong falakni marmarrang qildi. 
Quyosh osmon cho‘qqisiga ko‘tarilganda tomosha qilgani Jamshid (shoir Farhodni ko‘zda tutadi) 
otlandi, ya’ni ertalab tong otgach, Farhod (yana Qoran san’atini ko‘rgani) qurilishga otlandi. 
2. Bu bayt mazmunidan: Farhod tosh yo‘nish san’atini shu qadar egallab oladiki, yuzta Qoran 
uning qoshida shogirddek tuyilardi, – degan ma’no anglashiladi. 
3. Qalamzan – naqqosh Moniy ko‘zda tutiladi. 
4. Korfarmo – aynan: ish buyuruvchi; bu yerda Farhod ko‘zda tutiladi. 
5. Navoiy har bir qasr bog‘ida bir havz (hovuz) bunyod etilgani, ular har faslga monand qilib 
bezaklanganini yozadi. 
6. Bayt ul-haram – aynan: xos uy, o‘z ahli bo‘lmagan kishilar kiritilmaydigan ichkari hovli; maj. 
Ka’ba. Bu yerda qasr Ka’badek pokiza va go‘zal demoqchi shoir. 
7. Ma’kulu mashrub – arabcha: yeyiladigan, ichiladigan (ya’ni yemish va ichmish) ma’nosida. 
XVII 
Bu bobda Farhodning to‘rt faslda to‘rt qasrda tuzilgan bazmlarda aslo ko‘ngli ochilmagani, 
Xoqonning unga iloj qila olmagani bayon etiladi. 
1. Bu baytda obrazli qilib kunduz va kechaning barobar kelishi, Navro‘z bayrami kunlariga ishora 
qilinadi. 
2. Shoir bu baytda uning mazmunini to‘laroq va latofatliroq ochish uchun «gulnor” so‘zining ikki 
mazmuni, ya’ni anor gul va arabcha «nor» – o‘t, olov so‘zi birikmasidagi «o‘tli gul» ma’nosidan 
g‘oyat o‘rinli foydalangan. Bu san’atni Sharq she’riyatida «iyhom» deb ataladi. 
3. Bu va keyingi baytda shoir daraxtni tovusga, yaproqlarni esa to‘tining patiga o‘xshatadi, ba’zi 
yaproqlar qushning qovursun degan mayda patchalari obkash – eng ingichka tomirlardan suv shimsa, 
boshqasi Xizrga o‘xshash yashil rangli shohlik tojini boshi uzra qo‘yganligini ta’riflaydi. 
4. Baytning mazmuni: noranj daraxti (ya’ni apelsin daraxti) oltindan xazina yaratib (ya’ni oltin 
rang mevalar solib), bargidan sariq libos kiygan edi. 
5. Bayt mazmuni: shamol suv ichida oltin sochuvchilik qildi, (ya’ni) suv yuziga sarg‘aygan xazon 
to‘kdi. 
6. Bu bayt mazmuni: xazon naqqoshi bog‘ sahnini oltin bilan qoplash (zarhal qilish) uchun 
bog‘dagi (daraxtlarning) barglarini zarga aylantirar (ya’ni xazon qilar) edi. 
7. Bu va keyingi 5 baytda Navoiy qish faslining g‘oyat go‘zal tasvirini beradi. Baytlar mazmuni: 
yel daraxtlar bargshsh sovurgach, sovuq suv simobini marmarga aylantirdi. Havo ham bulutdan 
kulrang po‘stin kiydi, bulut ham havoga simob sochdi. Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv 
bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning zo‘ridan olamga 
marvarid donalari bo‘lib yog‘ilar edi. Ariqning suv olinadigan joyi halqumday bo‘lib, sovuq uning 
og‘zidan to‘kilgan so‘lakayini xanjarga aylantirdi. Osmon tundan ko‘mir qilib, kechqurunlari unga 
shafaqdan o‘t yoqib turardi. 
7. Bu va keyingi baytning mazmuni: sovuq issiqlikning haroratini kamaytirdi, olovdan uchqun 
uchirmay qo‘ydi. O‘tdan qolgan qiziq qo‘rning sinjobchalik (ya’ni silovsin, mo‘yi o‘siq, olmaxon 
terisidan tikilgan po‘stin) ham issig‘i yo‘q, yonib turgan shu’la esa oltoyicha (ya’ni, oltoy qizil 
tulkisining terisidan ishlangan po‘stin) ham iliqlik bermas edi. 
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Farhodning yana o‘sha kuydiruvchi dardli ohlar tortib, ano – 
g‘am-alamlarga to‘la jonni o‘rtovchi nolalar qilgani, birov yig‘lasa u ham zor-zor yig‘lagani, el 
ozoridan ko‘ngli ortig‘roq ozor topgani..., birov ishqdan hikoya boshlasa, u takror-takror eshitishni 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling