Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
392
h. k. 
4. Hisn – kadimgi yahudiylar yashagan Madinaga yaqin qishloqning nomi. Bu so‘z asosan 
panohgoh qo‘rg‘on, istehkom, qal’a ma’nosida ishlatiladi. Shoir bu yerda Mehinbonu saroyini ko‘zda 
tutmoqda. 
5. Ba’zn tadqiqotchilar Mehinbonu Shirining ammasi, deb yozadilar. Bu baytda u Shiringa xola 
(xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi. 
6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulog‘i. Bu yerda shoir ta’rificha, Shirin kelib, ko‘ngil ochib 
ketadigan buloqning nomi. 
7. Yigoch– yog‘och, bu yerda uzunlik o‘lchovi ma’nosida bo‘lib, bir yig‘och – taxminan sakkiz 
km.dan ortiqroq. 
8. Baytning mazmuni: mashaqqat zo‘rligadan yigitlarni ko‘rganlar chol (qori–qari), deydi, lekin 
qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san’atidan istifoda etadi. 
9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi haqida 
so‘z yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni o‘yish) degan xalq maqolidan foydalanib, «irsoli 
masal» san’atini ishlatadi. 
10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan ko‘ra oldi, beliga charm partug‘ (tanura) bog‘ladi. 
11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: tog‘ kamarini qazish uchun kerak bo‘lgan bir necha gurzi va bir 
necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan yashirincha 
o‘rganib olganidek, yaxshilab suv berdi. 
12. Baytning mazmuni: u qo‘lining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) o‘n yog‘och 
masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «g‘uluv» san’atini qo‘llagan. 
13. Bu va keyingi bayt mazmuni: tog‘ qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor 
farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, ko‘rmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya xa bar 
qilmoqchi bo‘ldilar. 
XXXI 
Bob sarlavhasida Farhodning tog‘ni pora-pora qilayotgan teshasi ovozini eshitgan Shirinning 
uning qoshiga kelishi, Farhod Shirinni ko‘rishi bilan hushidan ketgani, Shopurning bundan behad 
kuyib yongani va Farhodni saronga olib ketishgani bayon etiladi. 
1. Havvo – diniy rivoyatlarga ko‘ra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda 
Mehinbonuga Havoga o‘xshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda makon 
tutganiga nisbat beradi. 
2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan 
ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni ko‘zda tutmoqda. 
3. Baytning mazmuni: arig‘ni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qo‘l 
yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san’atini ishlatib, «qo‘l yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qo‘l 
tortmoq» ma’nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yo‘q ariqdan qo‘l yuvish tushunchasi bilan esa 
«mumtane’» san’atini vujudga keltiradi. 
4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta’riflaydi. Bu ot 
unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi bo‘ldi, deydi, Natijada baytning ikki misrasida 
shoir «talozum» san’atini yaratadi. 
5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» so‘zini ikki ma’noda (nom va ot) ishlatib, 
«ihom» san’atini qo‘llaydi. Ot so‘zining har ikkala ma’nosi ham bayt mazmunini yaxshi ochishga 
xizmat qiladi. 
6. Bu bayt mazmuni: jahon bog‘ida uningdek (ya’ni Gulgun dek) tez yurar ot yo‘q edi. U 
gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shoir bu yerda Shirinnn gulbargga, otini esa saboga o‘xshatib, 
«tashbih» san’atinnng ajoyib namunasini yaratadi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling