Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
XXVI Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
XXVI
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 390 Bu bob sarlavhasida Farhodning o‘z mamlakatiga qaytgani va oynada Arman vodiysi va Shirin jamolini ko‘rib hushidan ketgani bayon etiladi. 1. Bu baytda shoir ot ustidagi go‘zal Shirin xatti-harakatini shatranj donalari (shaxmat) va ularning yurishlariga o‘xshatib go‘zal obraz yaratadi: U go‘yo quyosh bilan shatranj o‘ynayotgandek ruh va ot bilan yurib, uni – quyoshni har soatda yuz marta mot qilar edi. 2. Bahrom – dostonda vazir Mulkoroning o‘g‘li, Farhodning emikdoshi va yaqin sirdosh do‘sti. 3. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: (qayta hushiga kelgan Farhod yana ko‘zguga qarasa) uning yuzi avvalgidek qorong‘i edi. Uni yasagan donishmand shunday tilsim ishlatgan ediki, ko‘zguga qaragan odam qanday shakl ko‘rsa, keyin boshqa ko‘rinmas, tilsimi buzilib qolar edi. 4. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod) hamma narsani o‘ylab ko‘rgach, aql qonuni bilak ishga kirishmoqcha bo‘ldi; lekin u bilmadiki, ishq bedodlik qilsa, yuzlab aql va bilimning qonun-qoidalari barbod bo‘lib ketadi. XXVII Bu bob sarlavhasida Farhodning ishq o‘tinn yashira olmagani, rangi sarg‘ayib ketganidan hakimlar dengiz sayohatini maslahat ko‘rganlari bayon etiladi. 1. Baytning mazmuni: har qanday odam ko‘rsa, ma’lum qilar ediki, bu xoro – toshni, o‘t – olov mum qilib yuboribdi. Shoir bu yerda istiora san’atini ishlatgan, «xoro» so‘zidan Farhod ko‘zda tutiladi. 2. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhodga) shunday holatlar yuz bergan ekan (ya’ni uning rangi sarg‘aygani, harorati ko‘tarilgani va h. k.), ular dimog‘ining yubsi’a – qurishiga sabab bo‘lgan. Endi mizojini harorat va qurishlik zabt etibdimi, uning iloji dengiz (ya’ni teskari, zid – dimog‘ni yumshatish, haroratni tushirish) – muolajadir. 3. Shar’iy – uzunlik o‘lchovi, bir shar’iy – 2–3 km. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod dengiz sayohati taklifini eshitgach) dengizdek qalbi jo‘shib ketdi, og‘zi kema og‘zidek ochildi, lekin so‘zsiz edi. Xayoli dengiz mavjlariga zanjirdek ulanib, ularga yana yuz ming xayollar ulandi. XXVIII Bu bob sarlavhasida Xoqon va Farhodning katta kemaga tushib, dengizda suzishlari, qattiq shamol ko‘tarilib kemani cho‘ktirib yuborgani, Xoqon va Mulkoroni to‘lqinlar Chinga tashlagani, Farhodning esa dengizda bir taxta ustida qolib ketgani bayon etiladi. 1. “Va izal-bihoru fujjirat” – arabcha, (agar) dengizlar to‘lib-toshsa ma’nosida. 2. «Va izal – jibolu suyyirat» – arabcha, (agar) tog‘lar siljisa ma’nosida. 3. Baytning mazmuni: (Kemalarning) uchi osmondagi Hut (baliq) va Savr (ho‘kiz) sanchigudek, tubi ham yer ostidagn ho‘kiz va balig‘ni yanchigudek edi. Shoir bu yerda ilmi nujumga ko‘ra Hut (Baliq) va Savr (Ho‘kiz) deb ataluvchi quyosh burjlariga hamda qadimgi diniy e’tiqodga binoan yer go‘yo katta ho‘kizning, ho‘kiz esa baliqning ustida turadi, degan aqidaga ishora qilmoqda. Kemaning uchi va tubini baland va chuqurligini bu xilda ta’riflash she’riyatidagi «g‘uluv» san’atiga yaqqol misoldir. 4. Jirmi xok – yer kurrasi. Shoir dengizdagi kemalar va odamlarni qorasi yer kurrasidek tuyilardi, deydi. 5. Dalv – ilmi nujumda o‘n ikki burjdan o‘n birinchisi. Bu yerda shoir dengizdagi baliqlarning suv ichishini osmondagi Hutning falak burjidan suv ichganiga o‘xshatadi. 6. Baytning mazmuni: suvning mavji go‘yo simdan to‘qilgan sovutu uni (baliq) omburdek og‘zida tutib ketayotgandek edi. 7. Baytning mazmuni: qorong‘ilik tushdi, dengizning ham dahshatli to‘lqinlari mayda mavjlarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling