Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
382 farzandidek, deb ta’riflaydi. XIII Bu bob sarlavhasida Farhodning dunyoga kelgach, chehrasida muhabbat izlari namoyonligi, ko‘ngli esa g‘amu dardlarga to‘la ekanligi, u shijoat bilan yigitlik mashqlarini o‘rganganligi bayon etiladi. 1. «Al-asmou tanzilu min as-samo» – arabcha: ismlar osmondan tushadi, demakdir. 2. Xush, xud, bexud, darxo‘rd, sarxush, noxush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan so‘zlardagi «vov»ni «vovi ma’dula», ya’ni «o‘zgartirilgan vov» deyiladi. Shu so‘zlardagi bu harfni «alif» (a)ga aylantirib, «xash», «xad», «bexad», «darard», «sarxash», «noxash» qabilida talaffuz qilish mumkin. Lekin yozuvda «vov» saqlanadi. 3. Bu va yuqoridagi uch baytning mazmuni: uning, ya’ni Yangi tug‘ilgan go‘zalning (yuzida shohlik yog‘dusi, nuri) far ko‘zga tashlanib turgani sababli bu nurdan yeru ko‘k yorishib ketdi.. «Himmat», «Iqbol» va «Davlat» (bu so‘zlarning avvalidagi harflar « » « »«») yuz ko‘rsatib, shu yog‘dudan ziynat topdilar. Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar go‘dakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga qo‘shilsa, «Farhod» ( ) ismi -kelib chiqadi. Bu san’at Sharq poeziyasida muammo deb ataladi. Keyingi misrada yana shu muammo yo‘li bilan «yog‘du» () ni bayt hodiysi (ya’ni ) to‘g‘ri yo‘lga soldi (ular biriktirilib nom chiqarildi) va shahzodaga darhol «Farhod» nomi qo‘yilgani aytiladi. 4. Bu va avvalgi uch baytda Navoiy deydiki, ishq go‘dakning pokiza zotini ko‘rgach, «Firoq», «Hajr», «Oh» bilan «Dard» (arab yozuvida «Farhod» ismidagi qisqa «a» harfi ifoda etilmaydi, u «fatxa» orqali talaffuz qilinadi) so‘zlaridan birinchi harflarini biriktiradi va «Farhod» ismini chiqaradi. Bu bilan shoir bu nomning yana bir tuzilish tarkibi va uning zimnidagi ma’noni bayon etadi. 5. Mofizzamir– arabcha, aynan: zamiridagi; bu yerda «ko‘nglidagi» ma’nosida kelgan. 6. Abjad – qadimgi arab alifbosining sirasini ko‘rsatuvchi sakkizta shartli so‘zning birinchisi va shu uydirma so‘zlar birikmasining nomi. Bundagi har bir harf ma’lum bir son qiymatiga ham ega bo‘lgani uchun harflar tartibida alifbo emas, balki raqamlarning o‘sib borishi nazarga olingan. O‘sha davrda, keyinlar ham maktablarda «abjad»ni maxsus taxtaga yozib, bolalarga harf tanitilgan va harflarning son miqdori yodlatilgan. Shoir shunga ishora qilmoqda. 7. Suho – Hulqar turkumidagi xira ko‘rinadigan yulduzning «omi. Bu yerda shoir Farhodning merganligini ta’riflab, shunday xira Yulduzni ham nishonga ola olar edi, – deydi. 8. Turki falak – maj. Mirrih – Mars sayyorasi. Mirrih Sharq adabiyotida urush, jangchilik homiysi ma’nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik yarog‘larini mohirlik bilan egallaganini maqtab, u o‘q otganda Mirrih ham ofarin o‘qiydi, demoqchi. 9. Alburz – Elburs tog‘i. Shoir bu o‘rinda ham ig‘roq san’atini ishlatib Farhod o‘z gurzisi bilan uning changini chiqarib yuboradi, deydi. 10. Bahrom – q. Mirrih. 11. Hut – aynan: katta baliq; maj. o‘n ikkinchi oftob burji (zodiak)ning nomi, fevral–mart oylariga to‘g‘ri keladi. 12. Asad – aynan: arslon; maj. oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyul–avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Bu va oldingi baytlarda Navoiy yana o‘sha ig‘roq san’atini,aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin bo‘lmagan mubolag‘ani ishlatadi. Farhod xanjariniig zarbidan Hutning bag‘ri ezilib suvga aylanib ketishi, panjasi bilan Asadning bo‘ynini uzib olishi mumkin, deb ta’riflanadi. 13. Ro‘yintan – aynan: bronza tanali; Firdavsiyning «Shohnoma»siga ko‘ra, Eron shohlaridan Asfandiyorning laqabi. Uning tanasiga zarba yetkazib bo‘lmas ekan. Shoir Farhodning tanasini, uning kuchini Asfandiyordan ortiq deb ta’riflamoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling