Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
381 Badiuzzamon Mirzo – Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li. Otasi o‘lgandan keyin (1506) Xuroson taxtiga o‘tiradi va Shayboniyxon kelganda unga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrab (1507 y. 20 may), Shoh Ismoil safaviy huzuriga qochadi. Usmonli turk sultoni Sulton Salim Shoh Ismoil bilan urushib Tabrizni ishg‘ol qilgach (1514), Badiuzzamonni Istanbulga olib ketadi, U yerda ko‘p o‘tmay Badiuzzamon vabo kasalidan vafot etadi. Qabri Ayyub Ansoriy qabristonida. Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bog‘lagan edi. U bilan Sulton orasida nizolar paydo bo‘lganida Navoiy ularni murosaga keltirish uchun, o‘g‘ilning ota izmida bo‘lishi uchun tinmay harakatlar qilgan edi. Navoiyning «Munshaot» tarkibidagi qator maktublari, dostonlaridagi bag‘ishlovlar bu fikrga dalildir. 2. “Nasrun minalloh” – arabcha: yordam Ollohdandir. 3. Birjis (Burjis) – Mushtariy – Yupiter sayyorasi. Bu baytda shoir shahzodani ta’riflab, uning yuzini quyoshga, yuzidagi terlarni Zuhra va Mushtariylarga nisbat beradi. 4. Bog‘i nav – Hirot atrofidagi go‘zal bog‘lardan biri. XII Bu bob sarlavhasida Chin xoqonining ta’rifi beriladi, uning befarzand ekani va Farhodning tug‘ilishi haqida so‘z ketishi bayon etiladi. 1. Adam shabistonidin vujud gulshanig‘a kelgani – aynan: yo‘qlik qorong‘i kechasidan borliq gulshaniga kelishi, ya’ni dunyoga kelishi, tug‘ilishi. 2. Afridun – Faridun – qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning «Tarixi muluki Ajamda yozishicha, ba’zi manbalarda uni Jamshid nabirasi, boshqalarida esa Taxmuras (Jamshidning aka yoki ukasi) avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxo‘r shoh Zahhokka qarshi temirchi Kova – Kovai ohangar isyoniga qo‘shilib Zahhokni o‘ldiradi. Navoiy Faridunni «yaxshi axloqli va odil» edi deb ta’riflaydi. Faridun o‘zining xazina – boyligi bilan mashhur. Bu yerda shoir Farhodning otasi Chin xoqoni fazilatlarini Faridunga o‘xshatadi. 3. Qorun – nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u o‘ta xasis bo‘lgan emish. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, u Muso payg‘ambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun boyligi, xazina, saroylari bilan yer qa’riga kiritib yuborgan emish. Badiiy adabiyotda Qorun davlatmandlik va xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan yuz ming marta ortiq edi, deb ta’riflanadi. 4. Kishvardih – aynan: mamlakat beruvchi. Bu bayt mazmunida «qaram», «tobe» ma’nosida keladi. 5. Kishvarsiton – aynan: mamlakat oluvchi. Bu yerda «hukmdor» ma’nosini anglatadi. 6. Bu va keyingi baytda shoir obrazli qilib: – davron xoqon barmog‘iga shunday bir uzuk taqdiki, bu uzukning ko‘zida otashin la’l parchasi yonib turgandek edi. Uning yuzida ishq sirlari yozilgan, ichida esa dard, alamlar tumori o‘yib bitilgan edi, – deydi. Navoiy shunday qilib, Farhodning dunyoga kelishidayoq uni ishq nuri va otashi bilan yo‘g‘rilgan, ana shu ishq iztiroblariga mahkum etilgan edi, deya o‘quvchilarini ogohlantirib o‘tadi. 7. Siyovush – qadimgi afsonaviy qahramon, Eron shohi Kaykovusning o‘g‘li. Firdavsiyning «Shohnoma»sida yozilishicha, uni pahlavon Rustam tarbiyalagan. Siyovushga o‘gay onasi Sudoba oshiq bo‘lpb qoladi. Siyovush uni rad etganda Sudoba tuxmat qiladi. Otashparast (o‘tga, olovga tolpinuvchilar) odatiga ko‘ra, Siyovushning otasi uning pokligini isbotlash uchun oti bilan gulxandan o‘tkazadi. Shu ondayoq alanga gulshanga aylanadi. Siyovush Turonga, uning podshohi Afrosiyob panohiga qochadi. Afrosiyob qizi Farangizni berib, Siyovushni o‘ziga kuyov qilib oladi, lekin keyichalik saroydagi fitnalar natijasida undan badgumon bo‘lib, boshinn kestiradi. Sharq pozziyasida «Siyovush qoni» tushunchasi juda ko‘p uchrab turadi. Bu baytda shoir Farhodning pokligi, dard elining shohi ekanligini ta’kidlash uchun go‘yo uni Siyovushning o‘t ichida sayr qilib yurganida tug‘gan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling