O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim boshqarmasi qo’qon universiteti Boshlang’ich ta’lim sirtqi yo’nalishi


Download 0.61 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1243881
Bog'liq
1 sinf 1





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM BOSHQARMASI


Qo’qon universiteti Boshlang’ich ta’lim sirtqi yo’nalishi
3 – kurs talabasi Jumaboyeva Saidabonuning
Ona tili va O’qish savodxonligi fanidan tayyorlagan

Dars ishlanmasi







  1. Sinf

Mavzu : Yashil sayyora
Darsning maqsadlari :
Ta'liy maqsad :
Yashil sayyoramiz nimalardan tashkil topgani haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, o'simlik navlari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad : Daraxtlarga ziyon yetkazmasliknu tushuntirish. Tabiiy resurslarni asrab - avaylashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad : yangi navlarni yetishtirish haqida g'oya berish.
Dars turi : aralash
Dars metodlari : Suhbat , o'qituvchi hikoyasi, savol-javob, kim chaqqon va harf o'rnini top o'yinlari.
Dars jihozlari : darslik, qo'shimcha ensiklopediyalar, rasmlar, slayd.
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
Tabiatda qanday o'zgarishlar bo'layotgani haqida savol - javob.
O'quvchilar sizlar qanday meva turlarini yoqtirasizlar ?
Qani endi barcha fasllarda qanday o'zgarishlar bo'layotganini navbatdan aytamiz.
Endi esa ularni taqqoslaylikchi qaysi fasl bir -biriga o'xshaydi ?
O'tilgan mavzu yuzasidan savol -javob o'tkazish.



II. Yangi mavzu bayoni.
Yashil sayyora
Bolajonlar sizlarga mevalar yoqadimi ? Bolalar esa bunga javob beradi. Bu mevalarni kimlar yetishtiradi ? Bolalar yana javob berishadi. Agarda noto'g'ri bo'lsa , u bolaning o'ziga aytmagan holda, javobni to'g'irlaymiz. Bolalarga kitobda mavjud bo'lmagan daraxtlarga oid faktlarni ham o'rgatamiz. Masalan : seyshel palmasi 250l suvni o'z tanasida saqlay oladi. Sabzavot va mevalarni ajrata olish malakasini to'liq shakllantirishga harakat qilaman. Sholg’om ,kartoshka, sabzi va shunga o’xshash barcha yerning ostida pishib yetiladigan ozuqalarning barchasi sabzavotlar deb ataladi . yerning ustki qismida pishib yetiladigan uzuqalar esa meva deb ataladi. Masalan : olma,uzum, shaftoli, olxo’ri va bosha turli mevalar. Bolalajonlar meva va sabzavotlarni ajratishni bilib oldikmi ? bolalar esa bunga javob berishadi.

Chuchuk suv va sho'r suvni bolalarga o'rgataman. Sho'r suvni istemol qilib sog'lik uchun zararli, shu sababli ham barcha insonlar chuchuk suv istemol qiladilar. Chuchuk suv juda ham kam miqdorda shuning uchun ham uni asrab avaylash lozim. Sho'r suv esa juda ham ko'p . Men ishonaman kelajakda sizlar albatta sho'r suvni filtrlay oladigan uskuna yaratasizlar.


III. Mustahkamlash.
Bu qismda o'quvchilarni 2 qismga ajratamiz. Doskani ham teng 2ga bo'lib, birinchi guruh meva, 2 - guruh meva yozish kerakligini tushuntiramiz. " Kim chaqqon" o'yinini tugatganimizdan so'ng, " harflarni o'rnini top " o'yinini o'ynaymiz. Bu o'yinda bolalardan guruhlar tuzamiz va doskaga ilingan turli xil harflardan so'zlar yasashini aytamiz. Qaysi guruh ko'p so'z tuzsa, shu guruh yutad
IV. Baholash qismi
Bu qismda darsda yaxshi qatnashgan o'quvchilar har hil kartochkalar bilan taqdirlanadilar.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling