Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
396
10. Bu baytdagi «gulsiton» Arman mamlakatini, «sarvi siymbar» Shirinni anglatadi. Shoir bu 
o‘rinda ham istiora san’atini qo‘llaydi. 
11. Bu baytdagi «rasuli kordon» aynan: ishbilarmon elchi» ma’nosini anglatadi. Shoir Xusrav 
Parvezning vaziri Buzurg Ummidni shunday deb atamoqda. Unga Armanga borib, Xusrav maqsadidan 
Mehinbonuni ogoh etish hukm qilinadi. 
XXXVII 
Bu bob sarlavhasida Xusrav elchisi Mehinbonuni maqsadda voqif etgani, bunga Mehinbonu har 
xil bahonalar bilan javob qilgani va elchi keltirgan xabardan Xusrav g‘azabi bayon etiladi.
Shoir sarlavhada talmeh san’ati asosida Sharq afsonalaridagi Bilqis, Sulaymon obrazlari orqali 
hamda tashhis san’ati vositasida Anqo, tovus obrazlari bilan Xusrav, Mehinbonu, Shiringa aloqador 
fikrlarni ifoda qiladi. 
1. Anqo – afsonaviy qush, balki qushlarning podshohi. Go‘yo u Qof tog‘ida yashar emish. 
2. Homili roz – aynan: sir tashuvchi; bu yerda Xusravning elchisi (sovchi) ko‘zda tutiladi. 
3. Bor – darbor, saroy; bu yerda qabul ma’nosida ishlatilgan. 
4. Baytning mazmuni: agar (Mehinbonu sovchilarga) ibo bilan boshqacha muomala qilay desa, 
yirtqich sher jayronga zulm qilishi mumkin. Shoir bu yerda istiora san’ati vositasida Xusravni 
g‘azanfar – yirtqich sher, Shirinni – jayron deb atamoqda. 
5. Baytning mazmuni: olovga nozik ipak mato yaqin tura olmagandek, (temirchi) sandoni yuz 
mingta bo‘lsa ham shishani sindirib yuboradi. Bu o‘rinda shoir Mehinbonudan rad javobi olgudek 
bo‘lsa, Xusravning har qanday yirtqichlik qilishdan toymasligini ta’kidlamoqda. 
6. Bu baytda ifodalangan Shirinning sovchilarga javobi Navoiy dostoni bo‘yicha bosh xat bo‘lib 
o‘tuvchi insoniylik, insonparvarlik g‘oyasining aniq va ravshan dalilidir. 
7. Bu baytda shoir Shirinni Mehinbonu tilidan ta’riflab, uni odam naslining parisi, mushtariydek 
sayyoralari ko‘p bo‘lgan quyosh deb ataydi. Baytdagi «mushtariy» ikki ma’noda ishlatilgan. Biri – 
sayyoraning nomi (forscha uni «Birjis» ham deydilar); ikkinchisi – xaridor ma’nosidir. 
8. Bu baytning ikkinchi misrasi orqali Navoiy irsoli masal san’atini qo‘llab, ishq-muhabbat bilan 
podshohlik boshqa-boshqa tushuncha, degan g‘oyani ifoda qiladi. Ayni choqda, uning zimnida shu 
mavzuda dostonlar yaratgan o‘z salaflariga o‘tkir kinoya ham yotadi. Chunki ular Xusravni Shirinning 
haqiqiy oshig‘i va shavkatli shoh sifatida talqin qilganlar. Bu o‘rinda yana shoirning doston avvalidagi 
«Bo‘lub Shiringa oshiq podshohvar» (ya’ni Shiringa podshohcha oshiq bo‘ldi) degan istehzoli misrani 
eslash joyizdir. 
9. Bu bayt mazmuniga singdirilgan fikrda Navoiyning umuman saltanatga, johil saltanat egalariga 
bo‘lgan ochiq nafrati o‘z aksini topgan. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling