Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
371 Bo‘lub ul mushklar nomam qarosi. Va lekin men necha bo‘lsam xatokor, Bihamdillah, sen ermassen jafokor. Manga garchi xato sondin fuzundur, Sanga bahri ato ondin fuzundur. Chu tushsa bahri afvungga talotum, Ajab yo‘q yuz jahon jurm o‘lmog‘i Kim. Kishi o‘z jurmidin ne uzr qo‘lg‘ay Kim, ul daryo aro bir qatra bo‘lg‘ay. Agarchi qatra bo‘ldi ersa nopok, Bo‘lur ul damki, tushti bahr aro pok. Chu bahri afvung o‘lsa uzrxohim, Nedur men-menki, ne bo‘lg‘ay gunohim. Karamdin aylasang jurmumni nobud, Sanga yo‘qtur ziyon, ko‘rtur manga sud. So‘zum xo‘b ersa rahmat ayla hamroh, Vagar dedim yomon: astag‘firulloh. Bihamdillahki, bu g‘am dostoni, Firoq ahlig‘a motam dostoni. Tugatmay nomai umrumni ayyom, Visol ayyomi yanglig‘ torti itmom. Chu tarixi yilin onglay dedim tuz 21 , Sekiz yuz sekson erdi dog‘i to‘qquz. Navoiy sayr etib so‘z bo‘stonin, Raqamzad qildi chun bir dostonin. Chu qolmay dostondin nukta boqiy, Tutub sog‘ar to‘la ber turfa soqiy. Labolab chun yetib ul jom rayvast, Damo-dam so‘z demakda ul bo‘lub mast. Vale bu doston qilg‘uncha mastur, Ko‘p aytib so‘z, bag‘oyat bo‘ldi maxmur. Ketur soqiy, anga bir do‘stgoniy Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 372 Ki, tutqay do‘stlarg‘a do‘st oni! Manga tutqilki, so‘zni ko‘tah ettim, Tinay bir lahza chun manzilg‘a yettim. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 373 ShARH VA IZOHLAR I Muqaddima o‘rnidagi bu bob adabiy an’anaga ko‘ra, «hamd» – Alloh taoloning maqtoviga bag‘ishlangan bo‘lib, Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritadi. 1. Baytning birinchi misrasi arabcha: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening (ya’ni Ollohning) maqtoving bilan, degan mazmunii bildiradi. Keyingi misrada esa, shoir so‘z o‘yini san’atini ishlatadi – «fath» so‘zining ikki ma’nosidan foydalanadi: ma’nolar eshiklarinn ko‘nglimga «ochib» ber va ularni «zabt» etishni nasib qil, mazmunida qo‘llaydi. Keyingi baytlarda shoir ma’nolar xazinasi qulfiga qo‘lining kalit bo‘lishini, shu vosita bilan barcha umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olamni, olam ahlini manfaatdor etishni umid qpladi. Bu baytlarda «maxzan», «durafshon», «gavhartosh», «dur», kabi so‘zlar majoziy, ya’ni ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Ular mazmun, ma’no bilan aloqador bo‘lib, buni badiiyat haqidagi ilmda «istiora» san’ati deb yuritiladi. II 1. Navoiyning «Farhod va Shirin»i boblari sarlavhalari boshqa dostonlaaridagi kabi ma’lum g‘oyaviy va badiiy funktsiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos-e’tibori bilan har bir bobdagi yetakchi g‘oyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani o‘tab, o‘quvchining bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi. Bu bob sarlavhasida shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni bo‘lmish «Farhod va Shirin»da sarvqadlar bo‘yiga o‘xshash «alif», binafsha sochlar jingalagiga o‘xshash «lom»larda «Olloh» so‘zi nazarda tutilishini yozadi. Binobarin, bu yerda Navoiy xudo ta’rifi berilishini bayon qiladi. Bu bobda shoir yozishga kirishayotgan «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlar, personajlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bog‘i» deya ta’riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir xoliq –yaratuvchi xudo sanosi – maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko‘nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi. Ishqqa «jahonni kuydiruvchi» qudrat baxsh etadigan yaratuvchi husni, go‘zallik ta’rifn esa Navoiy davridagi keng tarqalgan tasavvufdagi panteizm ta’limoti tushunchalarita aloqadordir. Bu ta’limot «ilg‘or fikrli mutafakkirlar uchun hayot va insonni kuylashga keng imkoniyat tug‘dirar va o‘z davri uchun taraqqiyparvar yo‘nalish edi. Demak, Navoiyning yaratuvchi go‘zalligini kuylovchi ilhomli misralarini dunyo va koinot go‘zallignning tavsifi desa bo‘ladi» (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6-bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy ma’nodagi «dard bog‘i», «lola», «gul bargi», «sunbul», «oqar suv», «g‘uncha», «otashin vard» (Kizil gul) kabi so‘zlar orqali ishq, uning alamlari, iztiroblari haqida so‘z yuritadi. Buni shoir ilmi bade’dagi uyg‘unlashtirish san’ati vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri rahnamuni» misrasidan to «Kelib kam zarralardin dog‘i Xusrav» misrasigacha bo‘lgan qismda «Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog‘iga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning do‘sti Shopurga, ajalni otasini o‘ldirgan Parvezning o‘g‘li Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga o‘xshatgan holda «shirin», «tilism» so‘zlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uyg‘unlashtirgan» (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu o‘xshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va personajlar faoliyatn qaysn ko‘lamda kechishi, ular dostonda ijobiy, salbiy rol o‘ynaydimi yoki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling