Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
363 Nedin torti mamolik istiqomat, Ne ishdin elga yuzlandi salomat. Cherik oyini ne ishdin tuzuldi, Aduvning xayli ne ishdin buzuldi. Ne nav’ ish birla torti din ishi sud, Ne ishdin oxirat torti ziyonbud. Ne ish har shohning bo‘ldi sifoti Ki, qoldi olam ichra yaxshi oti. Topibdur daf’a-daf’a borcha tahrir, Chu solg‘ungdur nazar borig‘a bir-bir. Shak ermas anglabon ravshan zamiring, Anga mayl aylagay royi muniring Ki, bu olamda borcha sudung o‘lg‘ay, Yana olamda ham behbudung o‘lg‘ay. Nechukkim, shoh tormish dinu dunyo, Sanga ham yetgay ushbu ikki ma’no. Bu ikki ishni gar qilsang tavaqqu’, Ne ishkim shah qilur, qilg‘il tatabbu’. Bu ma’nilarki xomamdur raqamkash, Agar xud kelmayin tab’ingg‘a noxush. Shak ermasturki, hangomi havoyij, Amalg‘a kelturub, torqung natoyij. Yetursa naf’i kulliy har bir irshod, Mening ruhum duodin qilg‘asen shod. Sanga bu rand har dam naf’ bergay, Duo qilsang manga ham naf’ bergay. Ketur soqiy, mayu ko‘nglumni shod et. Qadimiy qullug‘um haqqini yod et! Ishim chun rand bermaktur rayoray, Eshit randu manga tut bir qadah may. LIV Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 364 Bu noma itmomig‘a xoma tuzmakdin taronasozlig‘ va bu hangoma ixtitomida sa’y ko‘rguzmakdin fasonarardozlig‘ va bashariyat iqtizosi bila hadsiz lof zohir qilmoqdinkim o‘z nafyig‘a «Lo» 1 durur — uyolmoq va yarimchuq da’vo ko‘rguzmakdinkim o‘z man’ig‘a «da’» 2 durur — xijolatqa qolmoq va bedilona ajzg‘a tushmakdin g‘oyatsiz izzat ko‘rmoq va dilso‘xtavor faqr ko‘rgazmak bila nihoyatsiz farah tormoq, «Alhamdulillohil-lazi vaffaqani min iftitohihi ilo ixtitomihi; va sallalohu alayhi va olihi va ashobi kiromihi» 3 Manga chun fikrati xurshedsoya, Bu oliy toram uzra berdi roya Ki, gardun qal’asig‘a raxsh surdum, Quyoshni gardi markabdin yoshurdum. Kumaytim 4 ro‘ya chun gardung‘a soldi, Atorud kilku sanduqi usholdi. Aningdek chirmadim Birjisdin 5 toj Ki, boshi taylasong‘a 6 bo‘ldi muhtoj. Falakdin yerga sochdim oncha anjum Ki, ofoq o‘ldi ul anjum aro Kim. Qolib anjum aro bu dori shevan, Diram ostida ul yanglig‘ki, maxzan. Ne axtar, har biri Birjisu Nohid 7 , Ne Birjisu qayu Nohidu xurshid. Sirehr avji uza chun roya tortim, Quyosh jirmi bila olamni yortim. Bori olamni tutqoch mehr nuri, Yorudi el ko‘zi andin zaruri. Basorat ahli nekim tuttilar ko‘z, Nechukkim kom edi, yoruttilar ko‘z. Vale chun ko‘ri modarzod yetti, Bu beroyon ziyoning nafyin etti. Ko‘zikim anga kunduz, kecha bo‘lg‘ay, Muayyandur jahonda necha bo‘lg‘ay 8 . Quyoshkim soldi olam ichra yog‘du, Yetishti rashshadin anqog‘a tegru. Vale yuz muncha gar nur o‘lsa ma’lum, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling