Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
357
Topib ham maqdamidin taxt roya
Solib ham boshi uzra chatr soya. 
Aning sultonlig‘in chun shohi Bahrom, 
Nechukkim istabon aylab saranjom, 
To‘kub Chin ahlig‘a ko‘p naqd ila ganj, 
Qo‘lub ko‘p uzrlarkim, ko‘rdunguz ranj. 
Yeting ahlu ayolingizga yonib
Diyoru mulku molingizg‘a yonib. 
Alar ham chun Ko‘rub bu nav’ surat, 
Base yig‘lab, vale yonib zarurat. 
Dedi: «Xoqong‘a elting bo‘yla e’lom 
Ki, torti bir-birin Farhodu Bahrom». 
Alar chun tuttilar xushluq sori yo‘l, 
«Qayonkim bor esang sen dog‘i xush bo‘l». 
Sirahni chun bu so‘z birla uzotti 
Taayyun band ila qaydin ushotti. 
Yetib Farhodning qabrini zohir, 
Ulu Shorur bo‘ldilar mujovir. 
Fano tufrog‘ig‘a chun bo‘ldilar rast, 
Baqo fayzi yeta boshlodi rayvast. 
Qo‘yub shahliq, chu qildi xoki rahliq, 
Chu yaxshi boqti, xud ul erdi shahliq. 
Navoiy foniy o‘l, istar esang kom, 
Nechukkim bo‘ldilar Farhodu Bahrom! 
Ketur soqiy, manga jomi fano ber, 
Nechakim oni sirqorsam, yano ber! 
Magar qilg‘ay meni bu jom rayvast
Alar yanglig‘ fano tufrog‘ig‘a rast! 
LIII 
Saltanat shajarasining samarasi va xilofat bog‘ining shajarasi, hidoyat avjida manzil etgan, 
tamalluqning nihoyatig‘a yetgan, riyo qasri bunyodin qo‘nqorg‘on, balog‘at ayvonida ot chiqorg‘on, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
358
ya’ni sultonzodai olam Abulfavoris Shohg‘arib
1
 Bahodir xallada davlatuhu
2
 madhida bir necha so‘z 
surmak va nasihatomiz nuktalar arzg‘a tegurmak, umid ulkim bu shohvor durlarni tufrog‘din olg‘ay va 
adosida quloq solg‘ay, balki ul garonmoya gavharlarni quloqqa solg‘ay 
Jahon bog‘iki, rashki naqshi Chindur
Qayu Chin, g‘ayrati xuldi barindur. 
Bu bog‘ ichra kishi qilsa taammul, 
Topar har bir chaman sahnida yuz gul 
Ki, bo‘lg‘ay har birida rangu bo‘yi 
Vale yo‘q rangu bo‘dek guftu-go‘yi. 
Guli xandonda gar bo‘lsa tabassum, 
Vale bulbul kibi yo‘qtur tarannum. 
Gulekim bo‘lsa rangu bo‘yi oning, 
Ham o‘lsa nuktai diljo‘yi oning. 
Namudor ichra gulkirdor bo‘lsa, 
Takallum ichra bulbulvor bo‘lsa. 
g‘arib o‘lg‘ay nihoyatdin ziyoda
Bu yanglig‘ gulkim o‘lg‘ay shohzoda. 
Qayu shahzoda ul koni malohat, 
Takallum vaqti daryoyi fasohat. 
Fasohat bobida shahg‘a qarib ul, 
Bori shahlar fasihi Shohg‘arib ul. 
Zihi nutqung takallum vaqti jonbaxsh, 
Masiho yanglig‘ anfosing ravonbaxsh. 
Ne ma’ni bo‘lsa diqqatdin nihoning, 
Hal aylab oni tab’i xurdadoning. 
Kichik yoshda qilib tab’ing shumora, 
Xirad ririni tifli shirxora. 
Sening zotingg‘adur bu so‘z furug‘i, 
Kichik yoshdin ulug‘larning ulug‘i. 
Erurda kavkabi baxting yangi oy
Erursen badr yanglig‘ olamoroy. 
Qachonkim badrlig‘ torsa hiloling, 
Quyoshdin bo‘lg‘ay ortuqrog‘ kamoling. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling