Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
359 Yangi oy badrliqdin keldi mahjur, Quyoshdin har kecha kasb etmasa nur. Quyoshliq istasang kasbi kamol et, Kamol ar kasb etarsen, bemalol et. Kishi ta’limdin torsa malolat, Topar ilm ahli ollinda xijolat. Kishi farzan avonu zolim o‘lsa, Va lekin nuktadonu olim o‘lsa. Baso zohid kishikim om ichinda, Anga muhtoj o‘lur islom ichinda. Birovkim qilsa olimlarg‘a ta’zim, Qilur go‘yoki rayg‘ambarg‘a ta’zim. Hadis o‘lmish nabiydin bo‘yla hodis Ki, olim keldi rayg‘ambarg‘a voris, Kishikim bo‘lsa olam rodshohi, Aning ummatlig‘idindur mubohi. Birovkim ilm ila bo‘ldi barumand, Angakim voris o‘ldi – bo‘ldi farzand. Erursen shoh — agar ogohsen sen, Agar ogohsen sen — shohsen sen. Chu bo‘ldi nuktadin ogoh to‘ti, Ani derlar xaloyiq shoh to‘ti. Vale tovuskim, ming zevari bor, Ne zevarkim, boshida afsari bor. Bu afsar birla shah dEmaslar oni Ki, bor asli yamon Hindustoni. Bilik shoh aylasa hayvonning otin, Ne tong, gar shoh qilsa kimsa zoting‘ Shahekim, ilm nurin torti zoti, Aning to hashr qoldi yaxshi oti. Sikandar torti chun ilmu hunarni, Ne yanglig‘ oldi ko‘rgil bahru barni. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 360 Aningdek saltanat ahli ko‘p erdi, Qayu birga bu nav’ ish dast berdig‘ Iki ming yil o‘tub yuz ming xiradmand, Bo‘lub hikmatlari birla barumand. Temurxon 3 naslidin sulton Ulug‘bek 4 Ki, olam ko‘rmadi sulton aningdek. Aning abnoyi jinsi bo‘ldi barbod Ki, davr ahli biridin aylamas yod. Valek ul ilm sori torti chun dast, Ko‘zi ollinda bo‘ldi osmon rast. Rasadkim bog‘lamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur. Bilib bu nav’ ilmi osmoniy Ki, andin yozdi «Ziji Ko‘ragoniy» 5 . Qiyomatg‘a degincha ahli ayyom, Yozorlar oning ahkomidin ahkom. Bilik garchi ko‘runur ko‘zga ziynat, Vale shahlarg‘a bordur o‘zga ziynat. Vagar ilm ichra bo‘lmay birga qone’, Baridin bahravar bo‘lsang ne mone’. Guzar qil har necha ilm o‘lsa hosil, Chu din ilmig‘a yetsang ayla manzil. Shah uldurkim, shiori ilmi dindur, Nedinkim ilmi din ilm ul-yaqindur 6 . Ulum ichra o‘qusung yuz tuman fasl, Tamomi far’u, din ilmi erur asl. Bu din ilmiki xomam qildi tahrir, Erur fiqhu hadisu so‘ngra tafsir. Chu takmil o‘ldi bu uch ilm sen bil, Yana har ilm maylin qilma, yo qil. Va lekin tibbu hikmat ham erur xo‘b Ki, sihhatdur kishi jismida matlub. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling