Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
351
Vale Farhodsiz bor erdi ranjur
Nechukkim yorsiz Farhodi mahjur. 
Chu xon ham bor edi Farhodg‘a a’m, 
Aning soridin ermas erdi beg‘am. 
Kelib xon ollida arz etti Bahrom 
Ki, bu yanglig‘ xabar bo‘lmish durur om. 
Ki: «Mag‘rib sori mulki Arman otlig‘, 
Bor ermish yuz Eram andin uyotlig‘. 
Bu mulk ichra bor ermish bir Parizod 
Ki, bo‘lmish ishqidin devona Farhod. 
Agar hukm etsa xon lutfu atodin
Cheriklar jam’ etib Chinu Xitodin 
Azimat aylabon Mag‘rib zaming‘a, 
Yetursam o‘zni Farhodi guzing‘a. 
Torilsa, qilsam ul holig‘a tadbir, 
Yo‘q ersa, ko‘rsam ulkim bo‘lsa taqdir». 
Ijozat berdi xon, royin Ko‘rub xo‘b 
Ki, vahmi bor edi Bahromdin ko‘r. 
Dedi: «Ul xud o‘lubtur, bu ham itsun. 
Qayonkim, xotiri mayl etsa, ketsun!» 
Ijozat torti chun farxunda Bahrom, 
Cherik tortib zamone tutmay orom, 
Kelib Mag‘rib zaming‘a ko‘ch-barko‘ch, 
Qilib elning iki ko‘chicha bir ko‘ch. 
Chu Arman sori soldi zilli iqbol
Tilab ul elni tahqiq ayladi hol. 
Mukarrar ko‘p qilib so‘rmakda tadqiq, 
Aningdekkim, bor erdi qildi tahqiq. 
Urub dard o‘ti ko‘nglidin zabona, 
Hamul madfan sori bo‘ldi ravona. 
Qilib ta’jil, yetti xotiri resh, 
Hamul dam go‘yiyo charxi jafokesh. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
352
Ulus Farhod so‘gin qilmay oxir
Bu ikki motam etmish erdi zohir. 
Chekib vohasrato ul kishvar ahli, 
Faza’ ichra nechukkim mahshar ahli. 
Birovni istadi Bahromi ranjur 
Ki, holat fahm qilg‘ay keldi Shorur. 
Eshitmish erdi oning vasfini ham
Guzin Farhodg‘a erkanni hamdam. 
Ham eshitmish edi Shoruri miskin, 
Ani Farhodning dardig‘a taskin. 
Torishtilar chu bir-birni so‘rushub, 
Base yig‘lashtilar keb-keb ko‘rushub. 
Bilib Bahrom chun so‘rmoq qilib fan 
Ki, ul gunbaz durur yorig‘a madfan. 
Kirib, gunbazg‘a ko‘kdin voyi oshib 
Ki, ko‘k gunbazlarig‘a o‘t tutoshib. 
Qilib bir nav’ shevanlarki ul bum 
Yerib ohi o‘tidin o‘ylakim mum. 
Jahong‘a o‘t solib bir kecha-kunduz, 
Debon Farhod ayog‘ig‘a qo‘yub yuz 
Ki: «Yey jondin meni navmid qilg‘on, 
Balou mehnatim jovid qilg‘on. 
Ko‘zum chiqsun, seni ko‘rguncha mundoq, 
Kesilsun til, so‘zung so‘rguncha mundoq. 
Nelar kelmish boshingg‘a g‘urbat ichra, 
Ne g‘urbatlar chekibsen shiddat ichrag‘! 
Nasibing so‘zu ohe bo‘lg‘on ermish, 
Taning ko‘hi chu kohe bo‘lg‘on ermish. 
Qani ul ajdahog‘a surmak oxirg‘ 
Qani ul Ahraman o‘lturmak oxirg‘ 
Qani ulkim, chu bo‘lg‘och king‘a moyil, 
Bulutni charx etib ollig‘a hoyilg‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling