Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
Yuzi ul mujdadin guldek ochildi
QO‘pub mehmonsarog‘a azm qildi 
Ki, mehmonig‘a qilg‘ay mizbonliq, 
Demaykim mizbonliq, jonfishonliq. 
Bakulliy raf’ o‘lub ranju maloli, 
Simo’ aylab surud aytib visoli. 
Dedi Bonug‘a: «Budur iltimosim 
Ki, bir dam tutmag‘aylar xalq rosim 
Ki, ul yoreki mahrum erdim ondin, 
To‘yub erdim g‘amida xasta jondin. 
Eshitgan birlakim Shirin o‘lubtur, 
Mening dardimdin ul miskin o‘lubtur. 
Vafodin qilmamish ishqimda taqsir, 
Bu dam navbat manga yetmish, ne tadbir. 
Gar ul ishqimda hirmon birla ketti, 
Vale ishqi kamolin sobit etti. 
Manga ham bor edi ishqida lofe, 
Tilarmen bo‘lmag‘ay lofim gazofe. 
Vafoda ul o‘z insofini olmish, 
Ul aylab o‘z ishin, ish bizga qolmish. 
Umidim ulki, yetgay o‘yla holat 
Ki, mehmondin manga yetmay xijolat, 
Vafosin jonda rinhon aylagaymen, 
Nisori maqdami jon aylagaymen. 
Agarchi bor edim Bonug‘a yotliq, 
O‘lar damda uyotliqmen-uyotliq. 
Bihillik istabon yer o‘rti filhol, 
Qilurg‘a azmi xilvat qo‘rti filhol». 
Yurub uy sori, jondin yub ilikni, 
Kirib rust etti ichkardin eshikni. 
Malolat qolmayin ko‘nglida chandon, 
Xirom etti amori sori xandon. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
346
Chu ul mahd ichra kirdi sarvi gulro‘, 
Ko‘rarkim, eltmish mehmonni uyqu. 
Munungdek uyquni kim ko‘rdi jovid. 
Ki, uyg‘onmay yetib boshig‘a xurshed. 
Bu yanglig‘ uyqu ko‘rgach sarvi cholok, 
Anga hamxobaliq qildi havasnok. 
Qo‘yubon ro‘y-barro‘, do‘sh-bardo‘sh, 
Bo‘lub o‘z bedili birla hamog‘ush. 
Ko‘nguldin shu’laliq ohe chiqordi, 
Ko‘zi hamxobadek uyqug‘a bordi. 
Ne uyqu, kimsa andin qonmas uyqu, 
Qiyomatqa degin uyg‘onmas uyqu. 
Bu bo‘lsa uyqu, uyg‘onmoq ne ya’nig‘! 
Munungdek uyqudin qonmoq ne ya’nig‘! 
Ketur soqiy, qadah tutqil manga qo‘sh 
Ki, bo‘ldum gulruxum birla hamog‘ush. 
Bir uyqu bo‘lsun ul maydin radidor 
Ki, bo‘lgaybiz qiyomat subhi bedor. 
LII 
Shirinning Farhod ishqida jon berganin bilib, Mihinbonu dog‘i joni shirin tarkin qilib, bu holatda 
Bahromi dilovarning Chin mulkidin kelgani va bu vaqoyi’ vahshatidin yorug‘ jahong‘a qarong‘u 
go‘rni tarjih qilg‘oni va Sheruyai zolim amvolidin Farhod uchun raddi mazolim qilib, Armanda 
rodshohi odil tayin etgani va Chin bila Mag‘ribzamin cheriklariga ijozat berib qaytarib, o‘zi zohir 
saltanati tarkin etgani va ma’naviy saltanatqa yetgani 
Bu motamxona ichra navharardoz
Bu yanglig‘ etti lahni navha og‘oz 
Ki, chun mahvash ul uy ichra kirib chust, 
Eshiklarni kiyirdin bog‘ladi rust. 
Mihinbonu bila xaylu tabori, 
Necha chektilar oning intizori. 
Sanam qo‘ymodi uydin tashqari gom, 
Yorilg‘uncha jahong‘a rardai shom. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling