Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
349 Vujudin o‘rtab otashnok ishqi, Solib o‘t olam ichra pok ishqi. Kechib avval diyoru xonumondin, Vale so‘ngra jahondin, balki jondin. O‘tar dam o‘yla foniy bo‘ldi mutlaq Kim, ul ishqini boqiy ayladi Haq. Vujudin o‘rtab ul so‘zu gudozi, Haqiqatqa badal bo‘ldi majozi. Tutub soqiyi vahdat jomi tavfiq, Nasibi ayladi Haq rohi tahqiq. Baqo shahrida sultonliqqa yetti, Haqiqat mulkida xonliqqa yetti. Aning dardida ko‘rganlar vaqoe’ Ki, qildilar murodu kom zoe’. Kechib iqboli beroyonlaridin, Ilik bori yudilar jonlaridin. Alar ranjini ham Haq zoe’ etmay, Munga xijlatlarini shoe’ etmay. Ato birla ano o‘lmishlar erdi, Firoqinda fano bo‘lmishlar erdi. Yana Shirin kibi ma’shuqi cholok, Aning hijronida Bonuyi g‘amnok. Bularning ham aning komi uchun Haq, Qilib bori gunohin mahv mutlaq. Borig‘a bahri rahmat ro‘zi etti, Bu yanglig‘ bog‘i jannat ro‘zi etti. Berib bu qasri davlatni muabbad, Riyozi xuldni tutti muxallad. Bular aylab anga jonlarni rayvand, Aning vasli bila jannatqa xursand. Vale vahdatda joni poki oning. Bo‘lub Haq birla istihloki oning. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 350 Bu tush ko‘rganlar uyg‘ong‘och hamul dam, Bo‘lub voqif bu ishdin ahli olam. Chu dahr avroqin axtardim bag‘oyat, Bu yanglig‘ dog‘i tortim bir rivoyat Ki, oshiqliq aro Farhodi mahjur, Chu bo‘ldi borcha olam ichra mashhur. Yetishti ahli kufru ding‘a dog‘i, Xabar bordi Xitou Ching‘a dog‘i. Vale ul xitta avzoig‘a taqdir, Solib erdi base tabdilu tayg‘ir. Aning hajrida Xoqon o‘lmish erdi, Kichik qardoshi xoqon bo‘lmish erdi. Ano dog‘i ani istarga jozim Bo‘lub erdi fano mulkiga ozim. Vale ul vaqt Bahromi dilovar, Nahange erdi qon ichra shinovar. Qilichi suyi daryoyi maxofat, Bo‘lub javharlar anda mavji ofat. Falak bahromig‘a gar ko‘rguzub kin, Ko‘runub ollida Bahromi cho‘bin 1 . Falak raxshin zabun aylab samandi, Zuhal qaddin nigun aylab kamandi. Qarong‘u kecha chiqqach o‘qi yodin, O‘tub yetti falakdin, yo‘q Suhodin. Tutub Chinu Xito ahli musallam Ki, ish vaqti emas Farhoddin kam. Valek ul soyir eldin jovidona, SO‘pub Farhod holidin nishona; Chu ul ish tutti shuhrat Hind to Rum, Xito ahlig‘a dog‘i bo‘ldi ma’lum. Bu so‘z yetgan zamon Bahromi bixrad, Xito xonig‘a bor erdi sirahbad. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling