Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
343 Ani bir xayl ila qilsam ravona, Anga tegruki o‘lmish ul yagona. Qaro kiysam, dog‘i tutsam azosin, Kim etsam jon aro ishqi balosin, Xalos aylab badanni mehnatidin, Ko‘ngulni xoli etsam furqatidin. Bu ish bo‘lg‘och, ne shah qilsa ishorat, Manga xud bo‘lg‘usidur ul bashorat. Tunu kun soyadek yonida bo‘lsam, Ne qilsa, hukmu farmonida bo‘lsam. Agar bu ishga rozi bo‘lmasa shoh, O‘luk torqay meni, bo‘lguncha ogoh. Borib Sheruyag‘a farxunda qosid, Chu qildi arz bu yanglig‘ maqosid. Bo‘lub ko‘ngli bag‘oyat shodu xurram, Qo‘yub Shorurni hukm etti ul dam Ki, sarvi lolarux qilsun degandek, Muborak xotiri ne istagandek. Ko‘rub Shorurni mohi Parichehr, Atorud birla qilg‘ondek qiron mehr. Tushub tufroqqa Shoruri jigarxun; Qilib qon yoshi mujgonin tabarxun. Chekib devonalardek un Parizod, Ani ko‘rganda Farhodin qilib yod. Zamone tuttilar bir nav’i motam Ki, bo‘ldi qiyrgun feruza xotam 3 . Jaza’ to‘fonig‘a chun bo‘ldi taskin, Dedi Shoruri mehnatkashg‘a Shirin. Nekim Sheruyadin kelgan maqolot, O‘zi ma’ruz qilg‘on ham xayolot. Chu ul bu kayfiyatdin bo‘ldi ogoh, Anga o‘z taxti mahdin qildi hamroh. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 344 Iki-uch yuz kishi aylab mulozim, Hamul maqsudi sori qildi ozim 4 . Buxuru udu so‘zu, nofai tiyb, Nihoyatsiz qilib shohona tartib Ki, ko‘hsor ichra topib ko‘hkanni, Balo tog‘i kibi jonsiz badanni, Amori ichra solib shoh monand, Falak mahdi ichinda moh monand. Keturgaylar badanni jon qoshig‘a, Badan yo‘q, jonni bal jonon qoshig‘a. Borib Shoruru ul xayli sitamkash, Anga tegruki ul maqtuli g‘amkash. Ko‘rubkim halqa urmishlar dadu dom, Tutub ul nuqtadek davr ichra orom. Bulardin ko‘hiyu dashtiy qilib ram, Alar o‘rnin tutub bir dam bular ham. Muborak jismini nur ichra topib, Hariru hulla birla oni yorib. Qilib shohona bori ehtiromin, Parivash mahdida aylab maqomin. Qilib Shoruri miskin nolalar ko‘r, Uzub o‘z jismidin rargolalar ko‘r. Amorini qo‘yub bo‘ynig‘a bori, Kishidin royalar topib amori. Fig‘on birla vido’ aylab dadu dom, Hamul yer tegrasida topib orom. Alar kelturdilar Armang‘a oni, Qo‘yub qasr ichra mahvashdin nihoni. Chu bori ishni tayyor ayladilar, Parivashni xabardor ayladilar. Chu mahvash bildikim ne ish ochilmish, Nechuk mehmon shabistonig‘a kelmish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling