Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
335
Bo‘lub xurram havodin shodu farrux. 
Atibbo necha kun aylab taraddud
Kam o‘lsa dardu ranjidin tashaddud. 
Shah ar ko‘rsa, aziz o‘lg‘ay azizi, 
Vagar xud qilsa xor o‘lg‘ay kanizi. 
Eshitganlar bu harfi jonfizoni, 
Borib Xusravdin olib mujdagoni. 
Nishotu aysh fartidin deolmay, 
Eshitgach Xusrav o‘z holida qolmay. 
Bashorat fartidin aylab ishorat 
Ki, cholg‘aylar ravon ko‘si bashorat. 
Tarabdin ho‘yu g‘avg‘o bo‘ldi har yon, 
Qiyomat oshkoro bo‘ldi har yon. 
Yarash birla solib ovozalarni
Ochib, rust aylagan darvozalarni. 
Qabolg‘on el kezib har yon havasdin, 
Tamom andoqki qush chiqqay qafasdin. 
Tuzub oncha nishot asbobi Rarvez 
Ki, hayrat aylabon charxi sabukxez. 
Yasab bir mahdi oliy xusravona, 
Qilib arkoni davlatni ravona 
Ki, Bonu mahd ichinda maskan etgay, 
Aning oliy bisotin ravshan etgay. 
Bo‘lub Bonu dog‘i amrig‘a ma’mur, 
Qilib Xusravning ayvonini rurnur. 
Arodin raf’ o‘lub kinu kudurat, 
Nishotu aysh yer topib zarurat. 
Chu suhbat bo‘ldi garm andoqki dilxoh, 
Sanam holin tafahhus ayladi shoh. 
To‘kub ko‘z yoshi Bonuyi alamsanj
Dedi: «Tab’ida bordur za’fdin ranj. 
Atibbo aylabon tashxisi holin, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
336
Kelib xud arz qilg‘aylar malolin. 
Vale qo‘rg‘on ufun, ul notavondur, 
Burun vojib anga naqli makondur 
Ki, tolibdur havoyi jonfizog‘a 
Ki, mu’tod erdi jonrarvar havog‘a». 
Dedi Xusravki: «Har yerning havosi 
Ki, anfa’dur sen-o‘q sen rahshunosi. 
Ishorat qilki tortib anda mahmil, 
Quyoshqa qilg‘il ul ma’voni manzil». 
Dedi, Arman shimoli sori tog‘e 
Ki, avjidadur oning qasru bog‘e. 
Base zahmat chekib suv kelturubtur, 
Hamono shah dog‘i oni Ko‘rubtur. 
Agar xud shahdin o‘lsa hukmu farmon
Hamul yerdur aning ko‘ngliga armon. 
Eshitgach Xusrav o‘ldi ko‘ngli noshod 
Kim, ul suvni keturmish erdi Farhod 
Ki, ming Xusrav kibi yuz yil chekib ranj, 
Ul ish bo‘lmas edi gar to‘ksa yuz ganj. 
Rizo, lekin zarurat birla berdi 
Ki, bermakda rizo bechora erdi. 
Ravon Bonu ravon etti amori 
Ki, oyni eltibon ul ravza sori. 
Falakni oyg‘a mahmil ayladilar, 
Chamanni gulga manzil ayladilar. 
Quyosh ul jonfizo ayvong‘a bordi, 
Pari sarchashmai hayvong‘a bordi. 
Ketur, soqiy, mayikim jonfizodur 
Ki, bu rangin chaman bas bevafodur. 
Bo‘lay usrukki, bor ollida bir jav
Demay Farhodu Shirin, balki Xusrav. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling