Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
327 Bu ma’nining dalilidur anga rang. Kabutar yo‘q, kabutarxonadur ul, Dema anjumki, sochqon donadur ul. Kabutarbozin ustodi qazo bil, Nekim ul aylasa avlo, rizo bil! Kabutar sayd o‘lur, sayyod erur bu, Dema sayyodkim, jallod erur bu. Hilolu mehr oning tashtu tig‘i, Qilurg‘a qatl yo‘q hayfu darig‘i. Yelidin mohvashlar bag‘ri rora, Nechukkim zarra, behaddu shumora. Erur mashhurkim jallodi mag‘bun, Chu ming qon to‘ksa aylar tig‘ madfun. Bukim ming kimsa har kundur qatili, Quyosh tig‘ini ko‘mmakdur dalili. Bu yanglig‘ ming kishi qatli ishidur Kim, oni desa bo‘lg‘oykim kishidur Ki, borcha shoh yo shahzoda bo‘lg‘ay, Va yoxud mufradu ozoda bo‘lg‘ay. Aning bu nav’ maqtulida so‘zdur, Menu sendekka xud ne boshu ko‘zdur. Kishining necha ko‘rrak gavhari pok, Aning bedodidin ko‘rrak alamnok. Chu asli pok gavhar keldi yoqut, TEshib bag‘rini qon aylar anga qut. Quyoshkim koinot andin olur nur, Qilur har tun qaro tufroqqa mastur. Base sog‘arning andin qoni to‘lg‘ay Ki, bir dam fosiqe xushhol bo‘lg‘ay. Yetib yuz javhari pokizani xok Ki, andin bangie bo‘lg‘ay farahnok. Berib bir naxlg‘a har dam shikaste, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 328 Ki, ting‘ay tobidin otashraraste. To‘kub Farhod qonin bemadoro Ki, Xusrav maydin o‘lg‘ay majlisoro. Maalqissa: chu Farhodi jigarso‘z, Fano bazmida bo‘ldi majlisafro‘z; O‘zin ko‘p domu dad o‘lturdi g‘amdin, Yana ko‘p xastahol o‘ldi alamdin. Urub halqa aning davrida bori, Azosidin qilib afg‘onu zori. Bo‘lub ul nav’ atrofida sokin Ki, bo‘lmay el yovumoq anda mumkin. O‘lar holida go‘yo notavone, Hamul marz ahlidin bexonumone 2 . Ani ko‘rmakka bormish erdi ranjur Ki, bo‘lg‘ay xizmatidin shodu masrur. Yetishgach fahm etib ul nav’i holot Ki, o‘tti sharh ila bori maqolot. O‘zin bir tosh darzi ichra solib, Ko‘rub holin aning hayratqa qolib. Ishin to Haqqa vosil bo‘ldi joni, Qilib fahm, oshkorovu nihoni. Tilabkim, aylabon qabrini zohir, Aning boshi uza bo‘lg‘ay mujovir. Vale qaytib, qilib ashkini xunrez Ki, sheru babr changolin Ko‘rub tez. Kirib xalq ichrau ovoza solib, Xabar har anjumang‘a toza solib. Chu deb bu so‘zni ul afgor yig‘lab, Eshitgan xalq borcha zor yig‘lab. Chu bu mudhish xabar har sori yetti, Ne Xusrav, balki Shirin ham eshitti. Maqolotin qilib Xusrav taaqqul, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling