Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
321 Bu xusron baski, chun g‘am rudi tuzdum, Sirishkim selidin ka’bamni buzdum. Bukim men-men, manga o‘lmak dag‘i hayf, Ulus ahvolima kulmak dag‘i hayf. Sen ar dardimdin o‘lsang ranjfarsoy, Manga ul ranju g‘amdin voyu yuz voy! Meni rozilig‘ingdin qilma navmid, Manga do‘zax o‘tini solma jovid. Vagar fahm etsa Mulkorou Bahrom Ki, holim qayda bosh chekti saranjom. Qarortib yuz, chekib qon yosh ila harf, Raqam aylab siyohi uzra shingarf. Qaro kizlar bo‘yunlorig‘a solib Ki, yuzdin kizu kizdin yuz bo‘yolib. Aningdekkim kiyar yirtib libosin, Quyosh so‘gida olam tun ralosin. Urub gah dashtu gah tog‘larg‘a o‘zni, Ne dashtu tog‘ki, tufrog‘larg‘a o‘zni. Ber avval qatla Mulkorog‘a taskin, Degil, oqil qazog‘a aylamas kin. Manga bo‘lg‘on qazoyi osmoniy, Ne qilg‘oy erdim, oyo ko‘rmay onig‘! Yana Bahromg‘a yetkur salomim, Chu yetkurdung salomim, de rayomim Ki, ey jonim topib joningg‘a rayvand, Ko‘kaltoshu ini, shogirdu farzand. Gar ohingdin chiqorsang charx uza dud, Ne sud ondin sangau ne manga sud Ki, istarsenki, tekkay yerga yonim, Bo‘lub xushnud sendin xasta jonim. Ne bir dam tin, ne bir soat tayong‘il, Ne harbu kina surmakdin o‘song‘il. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 322 Bu yon azm aylamak jazm ayla filhol, Cherik jam’ aylabon azm ayla filhol. Bu ishdin rohati jonimni ista, Topibon qotilim, qonimni ista! Aning birla kelur xaylimg‘a bir-bir, Hadisim daf’a-daf’a ayla taqrir. Degilkim, oshkorou nihoni, Mening o‘rnumg‘a ko‘rdik borcha oni. Nekim hukm etsa ta’xir etmasunlar, Buyurg‘on ishda taqsir etmasunlar! Xo‘tan mulkiki, jannatdin nishondur Savodi uzra jannat jonfishondur. Gar anda sayr bo‘lsa ixtiyoring, Hadoyiq jonibi tushsa guzoring. Hamono to‘rt bog‘i ravza oyin, Ichinda to‘rt qasri xuld tazyin 2 Ki, bo‘lmish erdi hukmimdin muhayyo, Gulu asmori andoqkim Surayyo. O‘tarda jilvagohing bo‘lg‘usidur, Esarda xoki rohing bo‘lg‘usidur. Bahoriy ravza sori qilsang ohang, Mening so‘gum uchun to‘k ashki gulrang. Chu sayfiy ravzag‘a 3 mayl aylasang shod, Halokim naxli shoxu bargin et yod. Xazoniy ravzag‘a 4 qilsang xirome, De anda bu sarig‘ yuzdin salome. Shitoyi ravzani 5 qilsang guzargoh, Damim yod aylab, anda chek sovug‘ oh. Yana Moniyg‘akim naqqoshi Chindur, Anga kilki qazodin ofarindur. Degaysen ul mahalkim, kilki tahrir, Chekib ul to‘rt qasrim qildi tasvir; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling