Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
325 Hamisha voqif o‘l qabrim toshidin, Ayog‘ing chekma tufrog‘im boshidin». Chu bu yerlarga yetkurdi navoni, Yetishti og‘zig‘a ozurda joni. Bo‘lub mundoq maqolotidan ogoh, Dedi: «lohavl», etib «astag‘firulloh». Buzulg‘on joni jononig‘a tushti, Balo o‘ti buzuq jonig‘a tushti. Ul o‘t bir nav’ kuydurdi vujudin Ki, kul qildi vujudi toru rudin. Qilib jononi otin tilga ta’lim, Tutub jonon otin, jon etti taslim. g‘amu dardu balog‘a tushti g‘avg‘o Ki, gardun ahlig‘a yovushti g‘avg‘o. Bu motam ichra ishqi otashangez, Solib bo‘ynig‘a aynidin qaro kiz. Qolib dardu balo beyoru munis, Bo‘lub hijron tuni besham’i majlis. Falak mung birla oning jonin olib, Bularni dog‘i onsiz mungg‘a solib. Sibo’ ul holni aylab nazora, Qilib Farhodkushni rora-rora. Ko‘zidin ashki g‘altonin oquzmay, Yer uzra qatrai qonin tomuzmay. Tishu changol ila yirtib damo-dam, Dema Farhodkushkim, o‘zlarin ham. Ko‘rub ul zoru bekas motamidin Ki, hayvon beh vafosiz odamidin. Ketur, soqiy, menga bir jomi qotil, Labolab aylabon zahri halohil. Chu tortim ishq aro Farhodvashliq, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 326 Qilay ul jom ila Farhodkushliq! L Dahr evi bunyodsizlig‘idakim, bir to‘da tufrog‘durur suv ichinda va charx gunbadi baqosizlig‘idakim, bir mutaharrik hubobdurur suv ustida va bu obo va ummahot zodasidinki, inson bo‘lg‘ay — vafo imkoni yo‘q muqtazosidin Xusrav bila Mihinbonu yarashqoni va qo‘rg‘onda qabalg‘onlarning tog‘ va dashtqa butrashqoni va Shirin mizoji Farhod o‘lumidin o‘lum holiga yetgan uchun ani Armaniya tog‘ining ravonoso fasosi va ruhafzo havosig‘a yiborganlari Jahondin rahrav ersang bog‘la mahmil Ki, osoyish yeri ermas bu manzil. Nedin derlar jahonni rub’i maskun Ki, uch rub’idur oning suvg‘a madfun. Kishi nokom qayg‘u uzra bo‘lg‘ay Ki, tushgan manzili suv uzra bo‘lg‘ay. Havodis tundbodi solsa bir mavj Ne tong, suv tutsa ul rub’ uzra ham avjg‘! Muni ma’man dema, degil xarobe, Muni maskan dema, degil hubobe. Hubob ar suv uza gunbaznishondur, Ruf etkach ul hamondur, suv hamondur. Uekim bir nafasdin bo‘lsa barbod, Ne qo‘ysun oqil andog‘ uyga bunyodg‘! Bu yanglig‘ uyda ya’ni tursa bo‘lmas Ki, forig‘ anda bir dam ursa bo‘lmas. Hubob ermas erur bir to‘da tufroq, Ne bo‘lg‘ay suv aro tufroq ishi boq! Bu tufroq tegrasida charxi doyir, Nechukkim oshyon davrida toyir. Ajab toyirdurur charxi mutabbaq, Ishi urmoq kabutardek muallaq 1 . Kabutar gar tutar orom o‘lub rom, Anga ne rom bo‘lmog‘liq, ne orom. Hamonokim erur sahroyi ohang, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling