Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
329 Tafakkur birla ko‘p aylab taammul. Necha kun qayg‘udin kulgusi kelmay, Necha tun vahmidin uyqusi kelmay. Agarchi bu umid aylab ani shod Ki, Shirindur aning, chun bordi Farhod. Vale bu vahmdin har lahza g‘amgin Ki, netgay kinig‘a, charx aylasa king‘ Kelib chun jahl g‘olib, nafs tolib, Bo‘lub ul nafs jo‘yoyi matolib. Muni bilmayki, tutqon zahrlik jom, Qilur ham zahr oshomin saranjom. Fatila dog‘ uchun o‘t solsa har dam, Agarchi kuydurur, lekin kuyar ham. Yilondin kimga zaxmi bo‘lsa hodis, Hamul zaxm-o‘q bo‘lur qatlig‘a bois. Dedi: «Bu ish kerakmas erdi mundoq, Chu bo‘ldi, bo‘lmas ishda sust bo‘lmoq». Yibordi kordonlar qal’a sori, Berib har birga so‘zning ixtiyori Ki, arz aylab sitam, taslim dog‘i, Umid etkaylar ifsho, biym dog‘i. Ko‘p afsunlar bila bo‘lub mulozim, Iki tavsanni qilg‘aylar muloyim. Fusungarlar chu bu guftor topib, Borib qo‘rg‘on ichinda bor topib; Debon Bonug‘a jondin ko‘p sanolar, Yana mahvashqa andin ko‘p duolar. Debon Xusravdin oncha mehribonliq, Niyozu ajz birla notavonliq. Fusundin ko‘rguzub oncha daloyil Ki, Bonuni qilib ul ishka moyil. Kirib arkoni davlat ham arog‘a, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 330 Bo‘lub hamdoston ul mojarog‘a. Debon xilvatda ko‘p rozi nihoni Ki, Xusravdur jahonning hukmroni. Nasabda borcha sultonlar shahidur, Hasab ichra nihonlar ogahidur. Bizing birlaki qilmish mayli rayvand, Ne derbiz bo‘lmayin bu ishga xursandg‘ Tirik bo‘lsa edi Farhodi g‘amgin, Qilur erdi kiroy qilmoq munga kin. Chu ul bordi, xusumat bejihatdur, Bu shah ra’yig‘a kirmak maslahatdur. Nechuk qilg‘ay bir ish ahli maoni Ki, sudi ozu ko‘p bo‘lg‘ay ziyonig‘! Kerak Rarvez paymonig‘a kirmak, Erur bevajh el qonig‘a kirmak. Bu kishvarniki zulmi qildi barbod, Magar ham qilg‘ay oning adli obod! Harif ermas durur xorog‘a shisha, Chu tushti o‘t, kuyar xirmon hamisha. Mihinbonu bu so‘zlar aylagach go‘sh, Ko‘rub ma’qul, bir dam bo‘ldi xomush. Bu ishni dog‘ikim Farhodi mazlum, Ne yanglig‘ o‘ldi qilmish erdi ma’lum. Aning dardig‘a ko‘p qon yutmish erdi, Anolardek azosin tutmish erdi. Yo‘q ul yolg‘uzki sarvi lolaruxsor, Qilib so‘gida yuz rargola ruxsor. Yetib ming zaxm jismi dardnokin, Tilab albatta qilmoq o‘z halokin. Necha qatla tilab zahri nihoni, Icha olmay chu el fahm aylab oni. Kuyarga aylab otashgah sori mayl, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling