Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
323 Biri Yunong‘a markab surganimni, Qilib razm, ajdaho o‘lturganimni. Ikinchi Ahramang‘a aylabon kin, Jahonni qilg‘onim qon birla rangin. Uchunch Iskandari Rumiy tilismin Ki, ochtim teng qilib yer birla jismin. Bo‘lub to‘rtunch Suqrotga raqamkash Ki, g‘ori ichra kirdim ajdahovash Ki, to olam binosi bo‘ldi bunyod, Bu yanglig‘ qilmadi ish odamizod. Chekibtur sa’y etib bisyor-bisyor, Yudik boshtin-ayoq zinhor-zinhor. Yug‘ondin so‘ng so‘yub ayvondin oldik, Haririn suvg‘a yoxud o‘tg‘a soldik. Nechukkim, foniy o‘ldi jismu jonim, Jahondin bo‘ldi Kim nomu nishonim. Ishim gardun kuhan toqidin itsun, Misolim charx avroqidin itsun. Ko‘ra olmasni bildik yaxshi gar dun, Mening naqshimni devor uzra gardun. Yana Qorang‘a ham mendin salom ayt, Nekim rayg‘om qilg‘umdur, tamom ayt! Degil, har toshkim, tesham ushotti, Yig‘ib gardun borin boshimg‘a otti. Qachon yog‘dursa gardun yuz tuman tosh, Bular ostida netgay bir sinuq boshg‘! Falakvash tog‘larkim, yerga soldim, Qazodin borchaning ostig‘a qoldim. Manga bo‘ldi falak qatl aylagan chog‘, Uzolg‘on turbatimning toshi bir tog‘. Ul o‘ttikim, degaymen ko‘hi g‘ammen Ki, ko‘hi g‘amning ostida adammen. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 324 Qayu naqshimki xoro uzra qozding, Boshida ismu alqobimni yozding. Chekib metin xaroshi xora qilg‘il, Otimni men kibi ovora qilg‘il. Chu qoldi toshning ostida zotim, Bo‘lur gar bo‘lmasa tosh uzra otim. Yana olamda shahru tog‘u vodiy, Kezib ishq ahlig‘a qilg‘il munodi Ki, Farhod o‘ldi oshiqliq aro zor, Vale yetti anga Xusravdin ozor. Bukim, der erdingiz sultonimizdur, Raiyat biz-bizu ul xonimizdur. Bukun sultoningizg‘a zulm yetti, Jahondin notavonlig‘ birla ketti. Kerakkim jam’ o‘lub tortib sirahlar, Tutub so‘g o‘ylakim, o‘lganda shahlar. Burun Xusravg‘a chun abri bahoron, Qilib oh o‘qlaridin tirboron. Fig‘on o‘tidin o‘rtab kishvarini, Kul aylab toju taxtu afsarini. Bo‘lub giryon bu zori benavog‘a, Bering boru yo‘qin seli fanog‘a. Vafo qasrin bu yanglig‘ aylab obod, Ravonimni o‘zungizdin qiling shod. Yana Shorurg‘a deb xayrbodim, Degaysen: «K-ey rafiqi nomurodim. Ne qonkim, yutmading hamdamlig‘imdin, Ne g‘amkim, chekmading mahramlig‘imdin. Manga ul vaqtdinkim hamdam o‘ldung, Giriftori balou motam o‘ldung. Vafo oyinu sharti muncha bo‘lg‘ay, Magarkim Tengri-o‘q uzrungni qo‘lg‘ay. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling