Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
Tutub Xusravni mahbus ayladilar
Yuziga raxna madrus ayladilar. 
Chu ul bo‘ldi muqayyad qildilar jahd 
Ki, qilg‘aylar ani tufroqqa hammahd 
Ki, nogah uzmagay ul qush bu domin, 
Alarg‘a zohir aylab intiqomin. 
Nayomidin chiqorg‘ay tig‘i bebok, 
Alardin yer yuzini aylagay pok. 
O‘g‘ul qatl etgali ohang qildi
Ato qonig‘a tig‘in rang qildi
1

O‘g‘ul qilmadi oning qasdi joni 
Ki, davron istadi Farhod qoni. 
Agar Farhodqa zulm etti Xusrav, 
Yevaz bot ayladi charxi sabukrav. 
Anga gar bu yeturdi tig‘i bedod, 
Munga davron keturdi tig‘i ro‘lod. 
To‘kub qon xalq bag‘ri yorasidin, 
Ham oqti qoni bag‘ri rorasidin. 
Agar qotil gado, gar komrondur 
Ki, shar’i ishq aro ham qong‘a-qondur. 
Falak cholok erur gar zulm chog‘i, 
Erur chobuk mukofotida dog‘i. 
Birovg‘akim, birovdin yetti ofot, 
Hamonokim qatig‘roqdur mukofot. 
Birovkim rishtae uzdi jafodin, 
Yevaz tutmoq kerak ko‘z ajdahodin. 
Kim etti kul bir uchqunni nihoni 
Ki, barqi qilmadi kul oxir onig‘! 
Qasos amrida davron keldi cholok, 
Dema davronki, soyir to‘qquz aflok. 
Sitamdin bas ilikni chekmak avlo, 
Vafou mehr tuxmin ekmak avlo. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
340
Chu mazra’ ichra sochting har ne dona
Hamul dona, ko‘targung jovidona. 
Chu mahsulidin o‘lmas kimsa qochmoq, 
Keraktur yaxshiliq tuxmini sochmoq 
Ki, Xusrav zulm tig‘in urdi chun tez, 
Ham urdi zulm tig‘i charxi xunrez. 
Agar Sheruya dog‘i etti bedod
Anga dog‘i falakdin yetti bedod. 
Chu ul bu ishni qildi bemadoro, 
Xilofat ko‘sin urdi oshkoro. 
Chiqib taxt uzra qo‘ydi boshig‘a toj, 
Qoshida tojvarlar bo‘ldi muhtoj. 
Chekib Bonuni o‘tkan mojarog‘a. 
Sanam aqdida so‘z soldi arog‘a. 
Dedi Bonuki: «Mahvash notavondur, 
Mizojida takassurdin nishondur. 
Agar zotig‘a sihhat qilsa yori, 
Erur o‘z ilgida o‘z ixtiyori. 
Necha ul oydin ayru kishim yo‘q, 
Vale har ishki ul qilsa, ishim yo‘q. 
O‘zi birla hikoyat qilmoq avlo, 
Tamannoni rivoyat qilmoq avlo. 
Chu oshiq johil erdi, ishq-qattol, 
Sanam ollig‘a holin qildi irsol 
Ki, bir ko‘rmak bila husningni, ey hur, 
Ul o‘tdin ko‘nglum andog‘ bo‘ldi mahrur 
Ki, andin shu’la chun jonimg‘a tushti, 
Qurushmoq tandag‘i qonimg‘a tushti. 
Manga andoqki ul o‘t soldi rartav, 
Ne Farhod ul sifat kuydi, ne Xusrav. 
Dalil istar esang, da’vo surubmen 
Ki, ishqingda atomni o‘lturubmen. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling