Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
337
LI 
Quyoshni shafaqgun amoriyg‘a solib falak qo‘rg‘onidin chiqorg‘onda sahob monand amoriy zayli 
ochilmog‘i va Sheruyani bir ko‘rmoki zarradek sargashta qilmog‘i va Sheruyag‘a Shirin ona bo‘lur 
vahmidin otasin o‘lturg‘oni va raxshi tamanno aning shabistonig‘a surgoni va Shirin charbzabonlig‘ 
bila anga taskin berib, Farhod so‘ngagin Armaniyadan kelturgani va o‘z hamog‘ushlig‘i bila ul 
jismg‘a ruh kiyurgani, yo‘q-yo‘qki, jismin aning jismig‘a tegurganidek ruhin dog‘i aning ruhig‘a 
yetkurgani 
Bu so‘zda iftitoh etgan kalomin, 
Bu yanglig‘ ayladi so‘z ixtitomin 
Ki, chiqqoch qal’asidin sarvi gulchehr
Aningdekkim falak qo‘rg‘onidin mehr. 
Maqomi bo‘ldi gulnori amori, 
g‘azoli tegrasida lolazori. 
g‘azole demakim, zarrin g‘azola, 
Shafaqdin har yon atrofida lola. 
Harorat birla titratmak nishoni, 
Quyoshdek rangin aylab za’faroni. 
Surarda Armaniya sori mahmil 
Ki, qilg‘ay sihhat ayvonida manzil. 
Chiqib Xusrav sirohining tamomi, 
Tamosho sori borining xiromi. 
Amorisig‘a ul oyning qolib mot, 
Quyosh atrofida andoqki zarrot. 
Magar hodis qilib erdi havodis
Ajab shahzoda shah mulkiga voris. 
Sharar andoqki, bo‘lg‘ay o‘tqa farzand 
Bashoqdekkim, erur temurga rarkand. 
Aning birla atosi tab’i noxush, 
Ato tavri dog‘i kelmay anga xush. 
Ato hargiz o‘g‘ul ko‘ngliga boqmay, 
O‘g‘ulg‘a ham ato af’oli yoqmay. 
Bu kunkim xalq chiqti beshumora, 
Chiqib ul ham qilur erdi nazora. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
338
Quyosh mahdig‘a boqqach tund bode, 
Amori zaylig‘a berdi kushode. 
Bulut chun ketti, zohir bo‘ldi ul oy, 
Dema oy, oftobi olamoroy. 
Ko‘rub Sheruya ul husni jahontob
Ichiga ishq o‘ti soldi nihon tob. 
Borib manzilg‘a chun tushti dilorom, 
Munung ko‘nglidin itti hosil orom. 
Tunu kun zoyil o‘ldi xo‘rdu xobi, 
Bo‘lub afzun damodam iztirobi. 
Chu bildikim o‘lar bu g‘amda beshak, 
Dedi ko‘nglida «o‘lmakdin tirilmak». 
Kerak tadbir ila qilmoq xayoli 
Ki, mumkin bo‘lg‘ay ummidi visoli. 
Ato qatlig‘a bu ish munhasirdur
Bu ishga ishq g‘avg‘osi musirdur. 
Chu oshiq bordur o‘z qatlig‘a bebok, 
Yanalar qatlidin ko‘nglida ne bok. 
Dedi: «Xusrav agar chiqsa arodin, 
Bo‘lur komim ravo ul dilrabodin. 
Ani daf’ aylasam olam meningdur, 
Bu mehri olamoro ham meningdur. 
Emas ummid yalg‘uz rodshahliq 
Kim, oning vasliyu yuz rodshahliq». 
Chu fikr etti bu tadbiri xatoni
Ulusqa va’dalar aylab nihoni. 
O‘ziga chekti Xusrav qavmu xaylin, 
O‘zi sori borining torti maylin 
Ki, Xusrav zulmi haddin oshmish erdi
Jafosi tund seli toshmish erdi. 
Falak chun zohir etti bo‘yla san’at, 
Qilib Sheruya birla borcha bay’at 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling