Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
353
Qani tig‘ingdin o‘lmoq tog‘ aro darzg‘ 
Qani gurzingdin o‘lmoq dasht aro larzg‘ 
Firoq ayyomi tovsholg‘on emishsen, 
Bas og‘ir uyqug‘a qolg‘on emishsen. 
Ko‘zung ochib, ko‘targil boshing oxir 
Ki, kelmish bir hazin qo‘ldoshing oxir! 
Ne uyqudurki yetti ko‘kka ho‘yum, 
Jahong‘a o‘rt soldi guftu go‘yum. 
Yetib gardung‘a un seskanmaging yo‘q, 
Tushub olamg‘a o‘t tebranmaging yo‘q. 
Ko‘z ochmassen, debon: «kelgan qulumdur», 
Masal chin bo‘ldikim: «Uyqu – o‘lumdur! 
Meningdek qul sanga olamda mavjud, 
Sen a’do zulmidin bu nav’ nobud. 
Bu ishning toqati mendin yiroqdur
Muni ko‘rguncha o‘lsam yaxshiroqdur. 
Sening qoningg‘a tortib tig‘i kinni, 
Teng etsam yer bila Mag‘rib zaminni. 
Qazib tog‘ini daryosig‘a solsam, 
Tengiz suyini sahrosig‘a solsam. 
Bilodi bahr ichinda bo‘lsa noyob, 
Minoridin nishonlar bo‘lsa girdob. 
Tuman ming qonning o‘lsam razmsozi, 
Sening qoningg‘a bo‘lg‘aymu muvozig‘! 
Bulardin tormasam ruhungni xushnud, 
Bu qonlardin manga ne bo‘lg‘usi sudg‘ 
Netay mundin nari tig‘u kamarni, 
Boshimg‘a toj yanglig‘ dardisarnig‘ 
Zirihni ne qilay, xaftonni naylay, 
O‘qu yoni netay, qalqonni naylayg‘ 
Ne deb o‘zni xayol aylay dilovar
Nedin aylay havas minmak takovarg‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
354
Ne deb emdi qilay maydong‘a ohang, 
Boshimg‘amu uray gurzi garonsangg‘ 
Ne nav’ emdi tutay bazm ichra orom, 
Ne ko‘nglum birla tortay la’lgun jomg‘ 
Manga hajringda may zahr o‘ldi, billah, 
Tarabdan umr bebahr o‘ldi, billah! 
Nasibim g‘ussau dard ayladinglo
Vujudum tufrog‘in gard ayladinglo!» 
Anga bu navhalar birla o‘kurmak, 
Ish elga ashkidin xunoba surmak. 
Bo‘lub ul dard birla navharardoz, 
g‘amin Shorur yonida hamovoz. 
Chu bu oshubi bir dam torti orom, 
O‘pub yer, qo‘ydi uydin tashqari gom. 
Yibordi kimsakim, Sheruya kelsun
Nekim so‘rsam, javobin arz qilsun! 
Agar torsam oni har jurmdin pok, 
Qilay lutfu karam birla tarabnok. 
Vagar xud begunahlig‘inda shakdur, 
Bilay ul damki, ne qilmoq kerakdur. 
Bo‘lub Sheruya ul ma’nidin ogoh, 
Tavahhumdinki, surgay kina nogoh. 
Shah ollindaki qohirlik ishidur, 
Gunahsizroq, gunahlikroq kishidur. 
Agarchi ul dog‘i shoh erdiyu tund
Temur tig‘in qayo tig‘i qilur kund. 
Qilib Shorur ihzorin tavaqqu’, 
Aning ollinda ko‘p qildi tazarru’. 
Dedi: «Bu so‘z aro sensen guvohim 
Ki, Farhod amrida yo‘qtur gunohim. 
Anga har kimnikim qotil bilibmen, 
Atom ham bo‘lsakim, qatlin qilibmen. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling